Biznes-netvorking - Oʼzbekiston-Italiya savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish vositasi sifatida
Joriy yilning 11-dekabr kuni videokonferensiya shaklida “Italiya – Oʼzbekiston” biznes-forumi boʼlib oʼtadi.
Forum Italiyaning “European House – Ambrosetti” konsalting guruhi tomonidan Italiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi hamda Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki mamlakat diplomatik vakolatxonalari koʼmagida, Italiya Savdo agentligi (ICE), “Italiya-Oʼzbekiston” Savdo palatasi va Italiya sanoat Konfederatsiyasining (Confindustria) Oʼzbekistondagi boʼlimi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Forumning ochilish marosimida Italiya Respublikasining tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luidji di Mayo va Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbir dasturiga ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarining yalpi yigʼilishi, tematik vebinarlar va tarmoq sessiyalari kiradi.
Forum tashkilotchilari tomonidan ushbu tadbirga bagʼishlangan maxsus www.iubf20.ambrosetti.eu veb-sayti yaratilib, unda tadbir toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar, Oʼzbekiston va Italiyaning iqtisodiy salohiyatlari toʼgʼrisida taqdimotlar, ikki mamlakat oʼrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni sharhlovchi materiallar hamda tadbir ishtirokchilari uchun kerakli maʼlumotlar - dastur, tarqatma materiallar va onlayn roʼyxatdan oʼtish uchun coʼrovnoma joylashtirilgan.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun shaxsiy profilь yaratish, yangilangan maʼlumotlarni kuzatib borish, forum yigʼilishlarida qatnashish uchun murojaat qilish, materiallar va hujjatlar bilan almashish va boshqa delegatlar bilan oʼzaro aloqada boʼlish imkoniyatini beradigan innovatsion elektron-raqamli platforma ishlab chiqilgan. Platforma 27-noyabrda ishga tushiriladi va unda 8-dekabr kuniga qadar roʼyxatdan oʼtish mumkin boʼladi. Forumda ishtirok etish bepul.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʼzbekiston korxonalari, kompaniyalari, banklari va moliya tashkilotlarini “Italiya – Oʼzbekiston” biznes-forumida ishtirok etishga taklif qiladi.
Qoʼshimcha maʼlumotlarni quyidagi telefon raqamiga qoʼngʼiroq qilib olishingiz mumkin: +998974244927.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi