O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumidagi nutqi

30.10.2020SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Prezidenti Shimoliy iqtisodiy hamkorlik xalqaro forumida ishtirok etdi

30.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 30-oktabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tgan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Abu Dabidagi “Khawarazmi” xalqaro kolleji markaziy kutubxonasida o‘zbek tili adabiyoti va tarixi burchagi tashkil qilindi

30.10.2020MadaniyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Birlashgan Arab Amirliklarida o‘zbek tili mavqeini oshirish maqsadida Abu Dabidagi “Khawarazmi” xalqaro kolleji markaziy kutubxonasida o‘zbek tili adabiyoti va tarixi burchagi tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi maxsus yig‘ilishida ishtirok etdi

27.10.2020SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

NYU-YORK, 27-oktabr. /«Dunyo»AA/. Kecha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida BMT tashkil etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan Bosh Assambleyaning yuqori darajadagi maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Turkiya harbiy delegatsiyasining tashrifi

27.10.2020Xavfsizlik sohasiManba: O'zA

Bugun Turkiya Respublikasi mudofaa vaziri, armiya generali Xulusi Akar boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri, armiya generali Hulusi Akarni qabul qildi

27.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarni qabul qildi.

Davlat ekologiya qoʻmitasida Koreyaning Global yashil taraqqiyot instituti rahbariyati bilan onlayn muloqot oʻtkazildi

23.10.2020EkologiyaManba: «Yangi O"zbekiston»

22-oktabr kuni Davlat ekologiya qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Sh.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasida Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirish toʻgʻrisida ilgari surgan tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida Davlat ekologiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N.Oblomuradov Koreyaning Global yashil taraqqiyot instituti (Global Green Growth Institute – GGGI) prezidenti, BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan onlayn muloqot oʻtkazdi.

BMTning Sanoat taraqqiyoti tashkiloti bosh direktori O‘zbekiston bilan rivojlanib borayotgan munosabatlarni yuqori baholadi

27.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

VENA, 27-oktabr. / «Dunyo» AA /. O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev BMT Sanoat taraqqiyoti tashkiloti (YUNIDO) bosh direktori Li Yongga O‘zbekiston Respublikasining YUNIDO huzuridagi doimiy vakili sifatida ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Ozarbayjonda «O‘zbek tili do‘stlari» klubi a’zolari ishtirokida “O‘zbek tili bayrami" kuni nishonlandi

27.10.2020MadaniyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

BOKU, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimiz elchixonasida «O‘zbek tili do‘stlari» klubi a’zolari va Ozarbayjonda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida “O‘zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan onlayn adabiy-badiiy kecha tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Adliya vazirligi: Yevropa Ittifoqi bilan huquqiy masalalar bo‘yicha muloqot

27.10.2020JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

2020-yil 26-27 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda tartibga solish ta'sirini baholash va qonunchilikni tizimlashtirish” mavzusida vebinar o‘tkazmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash borasidagi vazifalar ijrosi muhokama qilindi

25.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 14-oktabrda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan videokonferensiya davomida Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, transport va logistika hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosining videokonferensiya shaklida muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

XVJ vakillarining Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy bloki rahbarlari bilan uchrashuvi

25.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 23-oktabr kuni videokonferentsiya shaklida XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgieva boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg'armasi vakillarining Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy bloki rahbarlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Xalqaro hamkorlik mustahkamlanmoqda

24.10.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

23-oktabr kuni Axborot texnologilayari va kommunikatsiyalarini rivojlanitirish vaziri Shuhrat Sodiqov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi  Favqulodda va Muhtor Elchisi Szyan Yan honim o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning BMT kuni munosabati bilan tadbirda so'zlagan nutqi

24.10.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

(Toshkent, 23-oktabr,2020)

Podshoh Fahd nomidagi kutubxonada arab tilida chop etilgan Bobur asarlari va O‘zbekistonga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi

23.10.2020MadaniyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Buyuk shoir va davlat arbobi, o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va merosini har tomonlama o‘rganish, uni targ‘ib qilish maqsadida mamlakatimiz elchixonasi vakillari Saudiya Arabistoni Podshohi Fahd nomidagi milliy kutubxonada bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha vitse-prezident Jorjina Beyker boshchiligidagi XMK mutaxassislari bilan uchrashuv

22.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

21-oktabr kuni Bosh vazir o'rinbosari-O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov va Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha vitse-prezidenti Jorjina Beyker boshchiligidagi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) mutaxassislari o'rtasida  videokonferensiya shaklida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Dehli universiteti professori Hadis ilmi maktabidagi faoliyatini davom ettirish uchun Toshkentga yetib keldi

22.10.2020FanManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 22-oktabr. /«Dunyo» AA/. Dehli universiteti Tilshunoslik ilg‘or tadqiqotlar markazining Tilshunoslik kafedrasi professori Ravinder Gargash mehnat faoliyatini Hadis ilmi maktabida davom ettiryapti, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita manbasiga asoslanib.

Afg‘oniston Prezidentining birinchi vise-prezidenti va ma'muriyati rahbari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

21.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Afg‘oniston Islom Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Afg‘oniston Islom Respublikasining birinchi vise-prezidenti Amrulla Solih va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti ma'muriyati rahbari Muhammad Shokir Kargar bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.