Jahon Banki va Osiyo Infratuzilma Investisiyalari Banki (OIIB) moliyaviy ko‘magi bilan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha ma'lumot
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2020-2024 yillarda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Loyihada O‘zbekistonning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 300 dan ortiq qishloqlari ishtirok etib, mazkur aholi punktlarida asosiy ijtimoiy infratuzilma sifatini yaxshilash uchun mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Loyiha Jahon Banki va Osiyo Infratuzilma Investisiyalari Banki (OIIB) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilib, Jahon Banki 100 mln AQSh dollari va Osiyo Infratuzilma Investisiyalari Banki 82 mln AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘i ajratganlar. O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan mazkur maqsadda 1,6 mln AQSh dollari ajratilgan bo‘lib, loyihaning jami qiymati 183,6 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Loyiha qishloq aholisining asosiy infratuzilma sifatini oshirish va loyiha qamragan qishloq hayotiy faoliyatini ta'minlovchi xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan. Shuningdek, loyiha mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimiga yordam berib, qishloq aholisini o‘z mahalla infratuzilmasida ko‘rsatilgan xizmatlarga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarni baxolashga hamda ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish jarayoniga jalb qilish orqali mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirishga ko‘mak beradi.
Jumladan, loyihaga ko‘ra o‘z aholi punktlarida quyidagi tadbirlar amaliyoti uchun mablag‘ qo‘lga kiritishlari mumkin (infrastruktura subloyihalari):
(i) qishloq ichimlik suvi va kanalizasiya xizmatlariga innovasion alternativ modellar kiritish orqali ulardan foydalanishni kengaytirish uchun mavjud ichimlik suvi ta'minoti va kanalizasiya tizimlarini tiklash; (ii) energiya samaradorligini oshirish uchun jamoat binolarini modernizasiyalash; (iii) ijtimoiy infratuzilmani tiklash; (iv) uchinchi darajali yo‘llar, ko‘chalarni va piyodalar uchun yo‘llarni tiklash; (v) yo‘llarni drenajlash (quritish) va qishloq yo‘llarining toshqinga chidamliligini oshirish; (vi) ko‘priklarni tiklash va qurish (uzunligi 10 metrgacha); (vii) ko‘chalarni yoritish tizimini modernizasiyalash; (viii) jamoat joylarini takomillashtirish; (ix) qattiq chiqindilarni utilizasiya qilish tizimlari; (x) jamoat ob'ektlarini kichik miqyosda qurish; (xi) simsiz Internet xizmatlari bilan ta'minlash uchun antennalarni o‘rnatish; (xii) avtobus turargohlari va bekatlarini qurish va tiklash; hamda (xiii) energiya ta'minoti bo‘yicha chora-tadbirlar.
Loyiha beshta asosiy tamoyilga asoslanadi:
Mahalliy aholi tomonidan qarorlar qabul qilish. Loyiha jamoatchilik tomonidan birga olib boriladigan va inklyuziv ijtimoiy tahlil asosida aniqlangan, ustuvor deb belgilangan, jamoatchilikning rivojlanish ehtiyojlarini aniqlaydigan va barcha manfaatdor tomonlar foydalana oladigan Qishloq Taraqqiyoti Rejasi ko‘rinishida taqdim etiladigan subloyihalarni moliyalashtiradi.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish salohiyatini oshirish. Loyiha barcha istiqomat qiluvchi aholini, shu jumladan erkaklar va ayollar, yoshlar, kam ta'minlanganlar va himoyaga muhtojlarga ovoz beruvchi va ularning vakili sifatida foaliyat ko‘rsatuvchi inklyuziv Mahallani taraqqiyot guruhlarini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi. Erkak va ayollarning salohiyatini turli sohalarda, shu jumladan, birga olib boriladigan va inklyuziv yig‘ilishlar va qarorlar qabul qilish jarayonlarida, jamoatchilikning kundalik rivojlanish tadbirlarini boshqarishda oshiradi. Shuningdek, loyixa xizmatlar va resurslarga yo‘l ochib berishni yaxshilash uchun Maxalla taraqqiyot guruxlarni boshqa hukumat va nodavlat tashkilotlari bilan bog‘lashga yordam beradi.
Gender tenglikni ta'minlash.
(i) ovoz berish va qishloq miqyosidagi qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishda maxalla taraqqiyot guruxlarni a'zolarining 50% ayollar ekanligiga ishonch hosil qilish va ayollar (shu jumladan yosh ayollar) loyihani rejalashtirish va qarorlarni qabul qilish yig‘ilishlarida qatnashish imkoniyatiga egaligini ta'minlash uchun jamoatchilik bilan aloqa o‘rnatish orqali;
va (ii) ayollarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan subloyihalar orqali xizmatlardan foydalanishda gender kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi.
Shaffoflik va javobgarlikka amal qilish.
Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyixasi chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida oshkoralik va hisobdorlikning to‘g‘riligini ta'minlash uchun turli tadbirlarni, shu jumladan milliy, viloyat, tuman va qishloq darajasidagi tanishtiruv va kengaytirilgan uchrashuvlarni;
Loyiha veb-sayti orqali olish mumkin bo‘lgan loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi ma'lumotlarni; subloyiha xaridlari va uni amalga oshirish ishlarini jamoaviy monitoring qilishni; loyihani amalga oshirish sifati haqidagi jamoatchilikning tasavvurlarini aniqlash uchun ijtimoiy auditdan foydalanishni; barcha manfaatdor tomonlar foydalana oladigan shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmini qo‘llab-quvvatlaydi.
Mahalliy jamoalarda ijtimoiy va ekologik barqarorlik. Qishloq joylarda turmush darajasini oshirish maqsadiga muvof
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi