O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQShning O'zbekiston Respublikasidagi elchisi Daniel Rozenblum bilan AQSH va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida texnik hamkorlik bo'yicha onlayn suhbat
2020-12-03 | Iqtisodiyot
2020-yil 2-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri - Jamshid Qo'chqorov va AQShning O'zbekiston Respublikasidagi elchisi Deniel Rozenblyum bilan AQSH tomonidan taklif qilinayotgan texnik hamkorlik to'g'risida onlayn suhbat bo'lib o'tdi.
Uchrashuv boshida O'zbekiston tomoni pandemiya sharoitida Respublika iqtisodiyotiga ta’sir ko'rsatgan omillarga qaramasdan iqtisodiy taraqqiyot yo'nalishida olib borilayotgan islohotlar va amalga oshirilib kelinayotgan chora-tadbirlar to'g'risida ma’lumot berib o'tdi.
Uchrashuv davomida iqtisodiyotni o'sishiga ta’sir ko'rsatuvchi omillar, ya’ni aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, ta’lim sifati va aholi malakasini oshirish va boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.
Muhokama so'ngida janob Daniel Rozenblum pandemiya davrida, amalga oshirilayotgan islohotlar va ijobiy iqtisodiy ko'rsatkichlarni yuqori baholadi va shuningdek, bu iqtisodiy islohotlar davomida donor davlatlar bilan hamkorlikda texnik yordam ko'rsatishga tayyorligini bildirib o'tdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi