O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston – Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashi majlisi

2020-12-01 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston – Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining birinchi majlisi videokonferensaloqa shaklida tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi va ishbilarmonlar kengashi hamraisi A.Ikromov mamlakatimiz o‘zaro ishonch va do‘stlik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlarini yuksak qadrlashini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning turizm, farmatsevtika sanoati va qishloq xo‘jaligi sohasidagi yutuqlari haqida taqdimot namoyish etildi.

O‘z navbatida, Ozarbayjon tomoni mamlakatning ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy imkoniyatlari hamda Tog‘li Qorabog‘ning iqtisodiy salohiyati haqida atroflicha ma’lumotlarni taqdim etdi.

Majlisda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi amaliy va uzoq muddatli o‘zaro hamkorlik choralarini, mamlakatlarimiz mintaqalari va yirik shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy aloqalarni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi. Sayyohlik va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda har ikki mamlakatda ham O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ozarbayjon tadbirkorlari, milliy tashkilotlari konfederatsiyasining vakolatxonalarini ochish yuzasidan fikr almashildi. Amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatlarimiz investitsiya va savdo salohiyatini kengaytirish imkonini berishi ta’kidlandi.

2020 yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 178 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Shundan 63 tasi qo‘shma va 115 tasi to‘liq xorijiy kapital asosidagi korxonalardir.

Joriy yilning to‘qqiz oyida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 61,7 million AQSH dollarni tashkil etdi.

Tadbirda axborot texnologiyalari sohasidagi o‘zaro aloqalarni faollashtirish zaruratini inobatga olib, ishbilarmonlar kengashi doirasida davlatlarimiz o‘rtasida savdo hajmini oshirish uchun elektron tijorat va onlayn platformalarni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklif etildi.

Saidmurod RAHIMOV

Manba: O'zA

Поделиться