O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Hindistonlik mutaxassis: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi «xab»ga aylantirish uchun katta imkoniyatlar ega

08.10.2020Ta’limManba: “Dunyo” axborot agentligi

DEHLI, 8-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublika oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish doirasida mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi va «People Hive LLC» kompaniyasi raisi Pavan Abraxam o‘rtasida videomuloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O'zbek-Turkman ishbilarmonlar kengashining yig'ilishi

07.10.2020IqtisodiyotManba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

2020-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston va Turkmaniston Savdo-sanoat palatalari tomonidan O‘zbekiston-Turkmaniston ishbilarmonlar kengashining videokonferesiya shaklidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidentining BMTdagi tashabbuslari dunyoda O‘zbekistonning barqaror va jozibali imijini shakllantirishga yordam beradi

07.10.2020SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqini Yevropa ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha maqsadli faoliyatni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda AQSh, YI va XXR bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

06.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 6-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarligida dushanba kuni videokonferensiya shaklida AQSh, Yevropa Ittifoqi va XXR bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Turizm sohasi kambag‘allikni qisqartirishga ko‘mak beradi: O‘zbekistonda ayollar bandligi va gender tenglik masalalari

06.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti xitoylik hamkorlar bilan birgalikda “Turizm sohasi kambag‘allikni qisqartirishga ko‘mak beradi: O‘zbekistonda ayollar bandligi va gender tenglik masalalari” hukumatlararo ilmiy-tadqiqot loyihasini yo‘lga qo‘yishni boshladi. 

O‘zbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

06.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-oktabr kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qildi.

Kanada bilan energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

06.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

VAShINGTON, 6-oktabr. / «Dunyo» AA /. O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi – Vashingtonda) Javlon Vahobov «Condor Petroleum Inc.» neft va gaz kompaniyasi (Kanada) direktori va kengashi raisi Dennis Balderston hamda kompaniya prezidenti Don Streum bilan onlayn-muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston va Hindiston harbiy hamkorligi mustahkamlanmoqda

06.10.2020Xavfsizlik sohasiManba: “Dunyo” axborot agentligi

DEHLI, 6-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida harbiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar doirasida mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi tomonidan Hindiston mudofaa vazirining o‘rinbosari Ajay Kumar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

UNIDOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy muvofiqlashtirish bo'limi rahbari bilan uchrashuv

05.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 5-oktabr kuni videokonferensiya shaklida UNIDOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy muvofiqlashtirish bo'limi rahbari janob Yatsek Tsukrovski bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “bne IntelliNews” biznes media kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

05.10.2020IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Agentlik Germaniyaning “bne IntelliNews” biznes media kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi. Bu haqda bo‘dib o‘tgan video konferensiyada so‘z bordi.

O‘zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo munosabatlariga o‘tadi

04.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

ANQARA, 4-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Qudratov juma kuni Turkiya Respublikasi savdo vazirining o‘rinbosari G.Batur bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni tabrikladi

01.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga milliy bayram - XXR tashkil topgan kun munosabati bilan tabrik yoʻlladi.

Kipr Prezidentiga tabrik

01.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kipr Respublikasi Prezidenti Nikos Anastasiadisni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Jahon banki vakillari ishtirokida “Inson kapitali indeksi -2020“ tadqiqotida Oʻzbekiston natijalari hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

01.10.2020Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Inson kapitali indeksiga (HCI) muvofiq, bugungi kunda tugʻilgan bolalarning deyarli 60 foizi ular toʻliq maʼlumotga va risoladagidek salomatlikka ega boʻlgan sharoitdagi salohiyatining nari borsa yarmidangina samarali foydalana olishadi xolos. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Dushanbe shahriga keldi

29.09.2020IqtisodiyotManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun 29-sentabr kuni Tojikiston poytaxtiga yetib keldi.

Korxonalarda xalqaro standartlar manzilli joriy qilinadi

28.09.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-sentabr kuni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar natijadorligi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Xususiylashtirishga oid qonun loyihalari muhokama qilindi

28.09.2020IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Agentlik, “KPMG” kompaniyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari ishtirokida “O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlarining huquqiy va institusional asoslarini mustahkamlash” hamda “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan yakuniy seminar dasturi videokonferensiya orqali o‘tkazildi.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida innovatsiya yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

28.09.2020InnovatsiyaManba: “Dunyo” axborot agentligi

DEHLI, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahadov ushbu mamlakatning “Routern.com” kompaniyasi rahbari Chandrakant Sharma bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston va Xitoy kambag‘allikka qarshi kurash borasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

26.09.2020JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

PEKIN, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida Xitoydagi kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xalqaro markaz (International Poverty Reduction Center in China - IPRCC) rahbariyati bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Shuhrat Umirov.

O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida soliq sohasidagi Konvensiya kuchga kirmoqda

25.09.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya kuchga kiradi.