O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zaro hamkorlikning yangi yo'nalishlari

2020-11-20 | Xavfsizlik sohasi

Joriy yilning 19-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi va Ukraina Milliy politsiyasi xalqaro hamkorlik Departamenti boshliqlarining ikki davlat vazirliklari o'rtasidagi hamkorlik yo'nalishlari va o'zbek-ukrain idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tashkil etish va ikki davlat shartnoma-huquqiy bazasi muhokamasiga bag'ishlangan videokonferentsaloqa uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ishchi guruh faoliyatini tashkil etish, ikki davlat shartnoma-huquqiy bazasida qayta ko'rib chiqilishi zarur bo'lgan hukumatlar va idoralararo hujjatlar hamda yangi bitimlar loyihalarini ishlab chiqish bilan bog'liq bo'lgan masalalar, shuningdek terrorizm va ekstremizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashda O'zbekiston va Ukraina ichki ishlar vazirliklari o'rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakuniga ko'ra tomonlar huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikning yangi yo'nalishlari va ikki davlat vazirliklari o'rtasida xalqaro hujjatlar ishlab chiqish masalalari bo'yicha kelishib oldilar.

IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться