O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakiliga yuqori diplomatik martaba berildi
2020-11-22 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, mamlakatimizning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimovga Favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasi berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Baxtiyor Ibragimov Toshkent shahrida tug‘ilgan, u - 54 yoshda. 1992-yildan beri Tashqi ishlar vazirligida turli lavozimlarda, jumladan, O‘zbekistonning AQSh va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida ishlagan.
2017-yil may oyida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlangan.
2019-yil iyun oyida O‘zbekiston birinchi marta BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasida navbatdagi sessiya raisining o‘rinbosari etib saylandi. Ushbu vazifani B.Ibragimov mamlakatimizning doimiy vakili sifatida BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasida 2019-yil sentabr oyidan 2020-yil sentabr oyigacha amalga oshirdi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi