O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Belarus kompaniyalari O‘zbekistonda eko-uylar qurishga qiziqish bildirishmoqda

2020-12-01 | Turizm

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi.  

Tomonlar O‘zbekistonga sayyohlarni jalb qilish, shuningdek Belarus kompaniyalarining O‘zbekistonda, xususan Bo‘stonliq va Zomin tumanlarida (Toshkent viloyati va Jizzax viloyatida) eko-uylar qurish imkoniyatlariga oid masalalarni muhokama qilishdi. O‘tkazilgan muzokaralar doirasida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida ikki tomonlama turizmni rivojlantirishga doir hukumatlararo kelishuv tayyorlanmoqda.

Mazkur kelishuv joriy yilning 16-18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi doirasida imzolanishi rejalashtirilmoqda. Kelishuv ikki tomonlama turistik salohiyatni targ‘ib qilish hamda O‘zbekistondan Belarusga va Belarusdan O‘zbekistonga sayyohlarni jalb qilishga yo‘naltiriladi.

Hujjatda O‘zbekistonning tog‘-chang‘i kurortlarini targ‘ib qilishga, shuningdek mamlakatimizning investitsion loyihalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться