O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsiya
15.03.2019Fan “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3416-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan boʻlib, 2018 yil iyun oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligida nashr qilinadi. |
Orolboʻyi xalqaro innovatsion markaziga yaponiyalik mutaxassislar tashrif buyurdi 12.03.2019EkologiyaJoriy yilning 10 mart kuni Nukusdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsion markazida Yaponiya delegatsiyasi vakillari – Kioto universiteti profescori, Suv resurslarini oʻrganish markazining mutaxassisiKenji Tanakani va Toxoku universiteti dotsenti, sunʼiy yoʻldosh kuzatuvi boʻyicha mutaxassis Yoshiya Toge bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik kengashining yigʻilishi boʻldi 11.03.2019JamiyatJoriy yilning 6-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Mirzo Ulugʻbek nomidagi Respublika xayriya fondi raisi Oqil Umurzoqovich Salimov raislik qildi. Yigʻilishda Jamoatchilik kengashi aʼzolari, vazirlik rahbariyati va xodimlari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdilar. |
XTV va Microsoft hamkorlikning hozirgi holatini koʻrib chiqdi 11.03.2019Ta’limOʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Microsoft korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokara oʻtkazdi. |
Oʻzbekiston va Rossiya ilm-fan sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda 07.03.2019FanJoriy yilning 4 mart kuni Innnovatsin rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. Sharof Rajjaboyev hamda Rossiya Fundamental tadqiqotlar Kengashining (RFTK) raisi oʻrinbosari Vladimir Kvardakov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi va RFTK oʻrtasida ilmiy hamkorlikning mavjud holati va istiqbollari muhokama qilindi. |
DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan 100 nafar qizlar uchun yangi texnologiyalar dunyosini ochdi 06.03.2019Fan8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli yoshdagi 100 nafar qizlar iqtidorini oshirishga va texnologiya sohasiga jalb etishga yoʻnaltirilgan DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan taʼlim dasturida ishtirok etdi. |
Navbatdagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash Markazi tashkil etildi 06.03.2019Fan5-martda Intellektual mulk agentligi va “IP-CENTER” oʻquv markazi vakillari bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. |
Namangan viloyatida zamonaviy urugʻchilik korxonasi tashkil etiladi 04.03.2019InnovatsiyaInnovatsion rivojlanish vazirligi va “Namangan momiq sochiqlari” MCHJ taʼsischiligida Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi “Art soft tex claster” fermer xoʻjaligi negizida paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini tayyorlovchi zamonaviy urugʻchilik korxonasi tashkil etilishi rejalashtirildi. |
Londondagi “Innovation 2019” elektron hukumatni rivojlantirish boʻyicha xalqaro konferensiya 04.03.2019InnovatsiyaMazkur tashrif Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Buyuk Britaniya davlat boshqaruvining Milliy maktablari oʻrtasida oʻzaro tushunish Memorandumini amalga oshirish doirasida tashkil etildi. |
Namanganda yosh ixtirochilar oʻrtasida innovatsion festival-tanlov oʻtkazildi 01.03.2019InnovatsiyaNamangan shahrida boʻlajak ixtirochilar oʻrtasida “Kelajak sari innovatsion texnologiyalar bilan!” festival-tanlov oʻtkazildi. |
27.02.2019Innovatsiya 2019-yil 26-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II respublika tanlovi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. |
25.02.2019Fan 2019-yil 22-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2019–2021-yillarga moʻljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar, innovatsion ishlanmalar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyiha rahbarlariga sertifikatlarni tantanali topshirdi. |
TATUda “ROBO CODERS 2019” tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi 25.02.2019Texnologiyalar24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi koʻmagida Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Centre” Innovatsiya markazi direksiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “ROBO CODERS 2019” Respublika tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi. |
Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi mutaxassislari Dubay tajribasini oʻrganadi 22.02.2019Innovatsiya20-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining 6 nafar mutaxassisi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazining (ICBA) bosh ofisiga ilmiy amaliyot oʻtash uchun safarga joʻnab ketdi. |
Robototexniklar oʻrtasida “RoboCUP” televizion musobaqasi eʼlon qilinadi! 22.02.2019InnovatsiyaOʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash Ulugʻbek jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yurtimizdagi iqtidorli yosh robototexniklar oʻrtasida “RoboCUP” televizion musobaqasini eʼlon qiladi. |
Qoraqalpogʻistonda kompleks davlat xizmatlari joriy etiladi 22.02.2019InnovatsiyaOʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va BMT taraqqiyot dasturining “Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi tomonidan tashkil etilgan Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Davlat xizmatlari markazlarida operatsion va funksional jarayonlarni optimallashtirishni hisobga olgan holda davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini transformatsiyalash natijalarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. |
Toshkentda “EPAM Insider” anjumani oʻtkaziladi 19.02.2019Innovatsiya23-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida yurtimiz axborot texnologiyalar sohasidagi birinchi xalqaro trendlar, dasturiy loyihalar va global innovatsion dasturiy taʼminotlariga bagʻishlangan “EPAM Insider” anjumani boʻlib oʻtadi. |
Big Idea Challenge – innovatsiyalar tanlovi 19.02.2019Innovatsiya18-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Britaniya kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Big Idea Challenge” startap loyihalar tanlovining 2chi bosqichiga start berildi. |