O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan 100 nafar qizlar uchun yangi texnologiyalar dunyosini ochdi

2019-03-06 | Fan

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli yoshdagi 100 nafar qizlar iqtidorini oshirishga va texnologiya sohasiga jalb etishga yoʻnaltirilgan DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan taʼlim dasturida ishtirok etdi.

DigiGirlz – Microsoft korporatsiyasining qizlar uchun taʼlim sohasiga ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohalarini takomillashtiruvchi dasturidir. Dastur kelgusida global iqtisodiyotning muammolari va chaqiriqlariga tayyor turuvchi xodimlarni tayyorlash uchun moʻljallangan.

Dastur ishtirokchilari 2-3 mart kunlari maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etdilar. Microsoft korporatsiyasining taʼlim yechimlari boʻyicha mutaxassisi Teadora Varbanova, D:CODE kompaniyasining loyihalar menejeri Kseniya Sardina, Super Dispatch kompaniyasining UI/UX dizayneri hamda DaVinci Soluntions kompaniyasining rahbari Anna Yefimovalar virtual haqiqat hamda ularning tendensiyalari haqida, shuningdek, mobil ilovalar uchun interfeys dizaynlari, kasb tanlash va muvaffaqiyatga erishish boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi.

Kichik guruh aʼzolari (12 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan qizlar) akula harakati simulyatorini yaratish ustida ishlashgan boʻlsa, katta guruh esa himoya bosh kiyimini yaratishda ishtirok etdi. Ushbu qurilmalarni yaratish uchun qizlar Arduino toʻplami va yordamchi materiallardan foydalanishdi.

6 mart kuni qizlar Microsoftning Markaziy va Sharqiy Yevropadagi bosh menejeri Anke Den Oudenning DigiGirlz dasturining maqsadlari va Microsoftning qizlar iqtidorini oshirish borasidagi faoliyati haqidagi maruzasida ishtirok etishdi.

Shuningdek, dastur ishtirokchilari oʻz loyihalari taqdimotini oʻtkazishdi. Taʼlim dasturining natijalariga koʻra, barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Eng faol ishtirokchilarga Arduino toʻplamlari topshirildi.

Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sarvar Babaxodjayev: “Biz, maktab oʻquvchi qizlariga texnologiya sohasi imkoniyatlarini taqdim etuvchi ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlayotganimizdan xursandmiz. Bugungi kunda Oʻzbekiston rahbariyati mamlakatimizda taʼlimni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratmoqda va bunday tadbirlar axborot texnologiyalari sohasiga kelgusida yanada koʻproq qizlarni jalb qiladi. Hozirgi kunda yurtimizga innovatsion yechimlari bilan mamlakatni rivojlantirishga hissa qoʻshadigan ijodiy mutaxassislar kerak” deb taʼkidladi.

Toshkentdagi Inha universitetining rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Jalolov shunday deydi: “Oʻzbekistonni axborot jamiyatiga oʻtishi sharoitida ayollarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan taʼlim dasturi Toshkent shahridagi Inha universitetida ikkinchi marta oʻtkazilmoqda. Biz mamlakatimizning turli mintaqalaridagi qizlarning axborot texnologiyalari sohasiga qiziqishi tobora ortib borayotganiga amin boʻldik. Taʼkidlash joizki, bunday loyihalar yordamida sohaga qiziquvchi yoshlarning soni jadal surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. Shu munosabat bilan kelajakda Oʻzbekistonda xotin-qizlarning innovatsion salohiyati, menimcha, fan, madaniyat va taʼlim sohasidagi oʻzgarish jarayonlarida ishtirokini taʼminlay olishga qodir. Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun eng asosiysi - yosh ishtirokchi qizlarning loyiha doirasida amalga oshirayotgan oʻz ishlaridan faxrlanishlarini hamda AT sohasida oʻz salohiyatlarini rivojlantirishlaridan manfaatdor ekanliklarini koʻrishdir”.

166-maktab oʻquvchisi Diyora Roʻzimatova oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi: “Bu loyiha kelajakda oʻz kasbimni tanlashda juda katta yordam berdi. Aminmanki, mazkur texnologiyalar kelajakda mukammal dasturchi boʻlishimizda zarur boʻladi. Kelgusida dugonalarimga qizlarning qoʻlidan ham dasturlash ishlari kelishini tushuntiraman. STEM va IT texnoligiyalari sohasida oʻz maktabimda tadbirlar oʻtkazishga harakat qilaman”.

DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan tashkilotchilari - Microsoft korporatsiyasi va Toshkentdagi Inha universitetidir. Tadbir Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Bellissimo” va “Sochnaya Dolina” kompaniyalari koʻmagida oʻtkazildi.

Поделиться