O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik kengashining yigʻilishi boʻldi

2019-03-11 | Jamiyat

Joriy yilning 6-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Mirzo Ulugʻbek nomidagi Respublika xayriya fondi raisi Oqil Umurzoqovich Salimov raislik qildi. Yigʻilishda Jamoatchilik kengashi aʼzolari, vazirlik rahbariyati va xodimlari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda Taʼlim va sogʻliqni saqlashga innovatsiyalarni joriy qilish hamda tadqiq etish boshqarmasi boshligʻi O.Toʻychiyev soʻzga chiqib, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan robototexnika sohasida amalga oshirilgan ishlar va istiqbol rejalari toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Shuningdek, Turin universiteti rektori Kongratbay Sharipov robototexnikani rivojlantirishda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi saʼy-harakatlar haqida soʻzladi.

Keyingi navbatda soʻzga chiqqan vazir oʻrinbosari Yu. Mansurov ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish hamda transfer qilish sohasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirdi. Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻyicha 157 mlrd. soʻm qiymatidagi loyihalar, jumladan sanoat sohasida 23 ta, qishloq xoʻjaligida 19 ta, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohalarida 7 ta, axborot texnologiyalari yoʻnalishida 3 ta ta innovatsion ishlanmalar tijoratlashtirilayotganini qayd etdi.

Vazir oʻrinbosari O.Norinboyev esa moliya-iqtisod sektoriga innovatsiyalarni joriy qilish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻzladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 oktyabrdagi PF-5583-sonli “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi Farmonining mohiyati haqida toʻxtalib oʻtdi. Xorijiy investorlarni jalb qilish hamda investitsion loyihalar salmogʻini yanada oshirish maqsadida investitsion va boshqaruv kompaniyalar hamda venchur fondlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgani aytdi.

Ijro apparati boshqarmasi boshligʻi I.Berdibekov 2018 yilda vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holati va ularda keltirilgan masalalarni qonun doirasida hal etilishining tahlili boʻyicha batafsil maʼlumotlar berdi. 2018 yilning 12 oyi davomida vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 950 ta murojaatlar kelib tushgan. Bevosita vazirlik va uning tizimiga kelib tushgan 624 ta murojaatdan 579 tasi (92,7%) qanoatlantirildi va tushuntirish berildi, 42 (6,7%) ta murojaat taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan 326 ta murojaatdan 271 tasi (83,1%) qanoatlantirildi va tushuntirish berildi.

Ilm-fan va ilmiy texnik tadqiqotlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi B.Pardayev Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ilmiy-texnik kengashlari tomonidan moliyalashtirishga tavsiya etilgan bahsli loyihalarni Jamoatchilik kengashi muhokamasiga qoʻydi. Jamoatchilik kengashi “Layoqatli sportchilarni tanlab olishda genetik, fiziologik va biokimyoviy koʻrsatkichlarga asoslangan innovatsion usullarni ishlab chiqish” mavzusiga qayta tanlov eʼlon qilinishi zarurligini, Oʻzbekistonda mavjud arxeologik obyektlarni oʻrganish orqali osmon ostidagi arxeologik muzeylar tashkil etish boʻyicha tushgan ikkita loyihani esa moliyalashtirish kerakligini tavsiya etdilar.

Поделиться