O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

2019-02-27 | Innovatsiya

2019-yil 26-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II respublika tanlovi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda xalqaro tashkilotlar vakillari, vazirliklar, agentliklar rahbarlari, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari, Oʻzbekiston ixtirochi ayollar markazi, Respublika Ekspert Kengashi aʼzolari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tanlovning birinchi bosqichida xalq xoʻjaligi uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan 4000 dan ziyod texnik loyihalar, innovatsion takliflar va ixtirolar taqdim etildi. Ishtirokchilar: talaba va oʻquvchi qizlar, ixtirochi ayollar, ratsionalizatorlar, muhandislar, dasturchilar, dizaynerlar, vrachlar, farmatsevtika sohasi vakillari, mutaxassislar hamda tadbirkor ayollar.

“Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II respublika tanlovi yakuniy bosqichida 300 nafardan ortiq ishtirokchilar tanlov uchun moʻljallangan oʻz loyihalarini Respublika Ekspert Kengashiga taqdim etdilar. Taqdim etilgan loyihalarning 100 ta eng yaxshisi tanlab olindi. Mazkur loyihalar mualliflari tanlov gʻoliblariga aylandilar.

Поделиться