O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namangan viloyatida zamonaviy urugʻchilik korxonasi tashkil etiladi

2019-03-04 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Namangan momiq sochiqlari” MCHJ taʼsischiligida Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi “Art soft tex claster” fermer xoʻjaligi negizida paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini tayyorlovchi zamonaviy urugʻchilik korxonasi tashkil etilishi rejalashtirildi.

Loyihaning qiymati 8,5 mln.AQSH dollarini tashkil qilib, loyiha doirasida 130 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

“Art soft tex claster” korxonasida urugʻlikni tayyorlash uchun Mingbuloqva Pop tumanlaridagi barcha urugʻchilik xoʻjaliklari bilan urugʻlik yetishtirish boʻyicha tegishli shartnomalar tuzilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, “Art soft tex claster” MCHJning urugʻchilik korxonasi urugʻlarini qabul qilish, tozalash, saralash, kalibrlash, dorilash, qadoqlash va saqlash hamda sifatini aniqlash boʻyicha zamonaviy texnologiya va laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.

Bundan tashqari, “Art soft tex claster” MCHJning urugʻchilik korxonasiga ulush sifatida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi DUKning Mingbuloq tumanidagi urugʻlik chigit tayyorlash sexi kiritiladi.

“Art soft tex claster” urugʻchilik korxonasida urugʻlarni yetishtirish jarayoni ilmiy yondashuv orqali amalga oshirilib, seleksiya va urugʻchilik yoʻnalishidagi 8 ta ilmiy muassasalar bilan hamkorlik oʻrnatiladi. Shuningdek, korxonaga besh nafar yosh olimlar biriktiriladi.

2019 yilda Art soft tex claster” urugʻchilik korxonasi tomonidan

7095 tonna sifatli urugʻlik tayyorlanadi, shu jumladan urugʻlik chigit – 1845 tn, urugʻlik bugʻdoy – 5000 tn, boshqalar – 250 tn. Korxona tomonidan 1,5-2,0 ming tonna urugʻlar eksportga yoʻnaltiriladi.

Поделиться