O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TATUda “ROBO CODERS 2019” tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi
2019-02-25 | Texnologiyalar
24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi koʻmagida Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Mirzo Ulugbek Innovation Centre” Innovatsiya markazi direksiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “ROBO CODERS 2019” Respublika tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi.
Shu kunning oʻzida tanlov yakunlari boʻyicha gʻoliblar aniqlandi va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tanlov dasturi 9 ta sovrinli oʻrin va bir nechta ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalarni oʻz ichiga oldi. Toʻrt soatlik uzluksiz dasturlash boʻyicha bellashuv natijasida tizim gʻoliblarni aniqladi.
Birinchi oʻrinlarni Hasanov Saidjalol Saidjamol oʻgʻli (26-30 yosh toifasida), Abdukarimov Sirojiddin Sayfiddin oʻgʻli (21-25 yosh toifasida) Boltabayev Nazarbek Kamollidin oʻgʻli (16-20 yosh toifasida) egallab HP 250 J6 i3-6006 4/500 noutbuklariga ega boʻldi.
Ikkinchi oʻrin va Acer Extensa EX2519 C5 B9 4/500 noutbuklari Hojievu Sunatullo Nasriddin oʻgʻli, Davronov Murodjon Shuhrat oʻgʻli, Qodirov Jamshid Aʼlam oʻgʻliga taqdim etildi.
Faxrli uchinchi oʻrinni egallab, Saʼdullayev Nodirbek Dilshodovich, Joʻrayev Xurshid Adham oʻgʻli, Gʻaniyev Asadullo Mahmud oʻgʻli Xiaomi Redmi Note 5 64 GB smartfoniga ega b oʻldilar.
Eng sodda algoritm ragʻbatlantiruvchi nominatsiyasida Egamov Xudoyshukur Shuhrat oʻgʻli, Murtozakulov Xojamurod Shuhrat oʻgʻli hamda Ismoilov Isfandiyor Iskandarovichlar gʻolib deb topildi.
Eng tezkor dasturchi nominatsiyasida Sultonov Yuldoshboy Urazmetboyevich, Iskandarov Islom Zoxirovich, Razzoqberdiyev Alisher Saidnazar oʻgʻli boʻldi. Nihoyat “Eng yosh dasturchi” deb 17 yoshli Aʼzam Behruz Xusan oʻgʻli topildi. “Qizlar – dasturchilar” nominatsiyasida Ismoilova Anaxon Shuhrat qizi va Rahimkuliyeva Mavlyuda Ergashovnalar gʻolib boʻldilar.
Tanlov joriy yilning 4-fevralidan start olgan edi. Mazkur tanlovda dasturlash tajribasiga ega 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan istalgan talabgor uning ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Ishtirokchilarni roʻyxatga olish 2019-yilning 4-fevralidan 15-fevraliga qadar amalga oshirilgan edi. Tanlovning asosiy vazifalari – axborot texnologiyalari sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash hamda yoshlarning ishbilarmonlik faolligini rivojlantirish hisoblanadi.