O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston va Rossiya ilm-fan sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda
2019-03-07 | Fan
Joriy yilning 4 mart kuni Innnovatsin rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. Sharof Rajjaboyev hamda Rossiya Fundamental tadqiqotlar Kengashining (RFTK) raisi oʻrinbosari Vladimir Kvardakov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Innovatsion rivojlanish vazirligi va RFTK oʻrtasida ilmiy hamkorlikning mavjud holati va istiqbollari muhokama qilindi.
V. Kvardakov ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik haqida soʻzlarkan, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi ilmiy sheriklikning tez surʼatlarda rivojlanayotganini kuzatish mumkinligini qayd etdi. Har ikki davlat olimlarida katta qiziqish uygʻotgan hamkorlikdagi fundamental ilmiy tadqiqotlar boʻyicha tanlovning yoʻlga qoʻyilgani buning yaqqol misolidir. Xususan, olimlardan kutilganidek 30-40 ta emas, 150 ta arizaning tushdi. Bu faktning oʻzi ilmiy aloqalarning naqadar muhimligini, hamkorlikdagi fundamental ilmiy tadqiqotlarning qay darajada dolzarb ekanini namoyish etdi.
– Rossiya bundan keyin ham ikki davlatning hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi, – dedi. – Ayniqsa, yosh olimlarning birgalikdagi faoliyatlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
RFTKda har yili barcha MDH davlatlarining ilmiy-tadqiqot institutlari yosh xodimlari stajirovka oʻtash uchun tanlovlarda ishtirok etadilar.V. Kvardakov Oʻzbekistonlik yosh olimlarni ham mazkur stajirovkalarni oʻtash va grant loyihalarida qatnashishga taklif etdi.
Shuningdek, Rossiya bilan Belarus oʻrtasida yosh olimlar tanlovi oʻtkazish haqida kelishuvi boʻlganidek, xuddi shu amaliyotni Oʻzbekiston bilan ham amalga oshirish boʻyicha takliflar berildi. Bu ilmiy aloqalarni mustahkamlashga, ikki davlat yosh tadqiqotchilarini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi, kelajakda shakllanajak ilmiy jamoatchilikning yaqinlashishiga sabab boʻladi.
Muzokaralar natijalariga koʻra, Innnovatsin rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari v.b. Sharof Rajjaboyev va Rossiya Fundamental tadqiqotlar Kengashining (RFTK) raisi oʻrinbosari Vladimir Kvardakov Hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.