O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XTV va Microsoft hamkorlikning hozirgi holatini koʻrib chiqdi
2019-03-11 | Ta’lim
Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Microsoft korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokara oʻtkazdi.
Uchrashuvda Microsoft kompaniyasidan Markaziy va Sharqiy Yevropadagi Microsoft taʼlimi tarmogʻi bilan ishlash rahbari Teodora Varbanova, Microsoft taʼlimi tarmogʻi bilan ishlash rahbari Nurlan Jonibek va Microsoft kompaniyasining Markaziy Osiyodagi rahbari Oleg Kuzmin ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida XTV va Microsoft oʻrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari koʻrib chiqildi.
Jumladan, yoshlarning axborot texnologiyalari sohasi boʻyicha bilimlarini oshirishga qaratilgan IT-nation loyihasida ishtirok etishi muhokama etildi.
Microsoft vakillari tomonidan maktablarda Imagine Academy dasturini joriy etish taklifi berildi. Mazkur dastur axborot texnologiyalariga oid turli oʻquv dasturlarini taqdim etadi.