O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsiya
23.04.2019Innovatsiya 19 aprel kuni Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Koreya Respublikasi Ilm-fan va axborot kommunikatsiya texnologiyalari vaziri Yu Yong Min ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiya sohalarida hamkorlik bo‘yicha O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladilar.
|
19.04.2019Innovatsiya 18 aprel kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Koreya Respublikasining Kichik va oʻrta biznes hamda startaplar vaziri Pak Yun Sun oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumi imzolandi. |
Orolboʻyi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi 17.04.2019Ekologiya16 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ”Orolboʻyi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumani Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsion markazi tashkil etilganiga roppa rosa yarim yil boʻlgan sanada oʻtkazilayotgani bois, tadbir markazning ommaviy axborot vositalari vakillari oldidagi yarim yillik ishlari boʻyicha oʻziga xos hisobot boʻldi, desa boʻladi. |
Yangi o‘quv yilida o‘quvchilar QR kodli darsliklardan foydalanadilar 16.04.2019InnovatsiyaJoriy yilning sentyabr' oyidan, ya'ni yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy maktablarning 8-sinf o‘quvchilariga geografiya fani innovasion darslik yordamida o‘tiladi. Darslik O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi xodimi Jahongir Musaev tomonidan yaratilgan bo‘lib, kitob sahifalarida o‘rin olgan QR kodlar orqali turli qiziqarli (xarita, diagramma, infografika, audio, video, matn ko‘rinishidagi) ma'lumotlar bilan tanishish mumkin. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Turkiyaning TIKA vakolatxonasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqda 16.04.2019InnovatsiyaOʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Davlat va jamiyat qurilishiga innovatsiyalarni joriy qilish hamda tadqiq etish boshqarmasi mutaxassislari hamda Turkiyaning Oʻzbekistondagi TIKA vakolatxonasining rahbari Ali Ixchsan Chagʻlar oʻrtasida ijtimoiy yoʻnalishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi. |
“Biznes-akselerator” o‘quv-amaliy markazida Bolalar innovatsion texnoparki tashkil qilinadi 10.04.2019InnovatsiyaNormativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Biznes-akselerator o‘quv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi: https://regulation.gov.uz/uz/document/3077. |
09.04.2019Iqtisodiyot 2019-yilning 4-aprel kunidan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda The Global Education and Leadership Foundation jamgʻarmasi (tGELF, Taʼlim va yetakchilikni rivojlantirish sohasidagi xalqaro jamgʻarma, Hindiston) Global Entrepreneurship Network (GEN, Global tadbirkorlik tarmogʻi) bilan hamkorlikda“Tadbirkorlik boʻyicha jahon chempionati” (Entrepreneurship World Cup)ning milliy saralash bosqichida ishtirok etish uchun roʻyxatga olish boshlanganini eʼlon qiladi. Tanlov Saudiya Arabistoni Qirolligi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Al Saud tashabbusi bilan MiSK jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan. |
Oʻzbekiston Belarus bilan hamkorlikda ilmiy laboratoriyalar ochish taklifini berdi 09.04.2019FanOʻzbekiston Belarusga ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jumladan, qoʻshma laboratoriyalar ochishni taklif qildi. Bu va boshqa muhim masalalar Belarus Respublika Kengashi raisi Mixail Myasnikovichning Toshkent delegatsiyasi bilan boʻlgan uchrashuvida muhokama qilindi, deb xabar beradi BЕLTA muxbiri. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi startap loyihalarni moliyalashtirmoqda 02.04.2019InnovatsiyaJoriy yilning 1 aprel kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi startap loyihalarni moliyalashtirish uchun sertifikatlar taqdim etdi. |
02.04.2019Innovatsiya Toshkent davlat iqtisodiyoti universiteti vakillari joriy yilning 11-16-mart kunlari Bolgariyaning “Angel Kanchev” Ruse universitetida ERASMUS+ loyihasi doirasida tashkil etilgan dastlabki uchrashuvda ishtirok etdilar. |
Innovatsion rivojlanish vaziri hindistonlik hamkorlar bilan uchrashdi 28.03.2019InnovatsiyaInnovatsion rivojlanish vazirligida Hindistonning “India Builders Corporation” (IBC) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘ldi. |
Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘zi o‘qigan maktabga kitoblar sovg‘a qildi 27.03.2019JamiyatO‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid o‘zi ta’lim olgan maktabga kitoblar to‘plamini tuhfa etdi.
|
27.03.2019Texnologiyalar 26-27 mart kunlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (Agentlik) bilan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hamkorligida "O'zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlarini rivojlantirish va patent ma'lumotlar bazalaridan foydalanish" mavzusida seminar-trening o'tkazildi. |
27.03.2019Fan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 25-30-mart kunlari Oʻzbekistonda ilk bor ijtimoiy sohalarda innovatsiyalar va inson kapitaliga investitsiyalar mavzusiga qaratilgan “Ilm-fan va texnologiyalarda xotin-qizlar” Markaziy Osiyo haftaligi tashkil etilmoqda. Haftalikda ishtirok etish uchun AQSH ning Kremniy vodiysidagi Google, Apple, Amazon, Mozilla kabi kompaniyalarda yetakchi lavozimlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar taklif etildi. |
Oʻzbekistonda ilk innovatsion QR kodli sheʼriy toʻplam nashr etildi 25.03.2019InnovatsiyaOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼatga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar Uyushmasi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bilan hamkorlikda kitobxonlikni keng va maqsadli targʻib qilish, oʻquvchilarni kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlashning innovatsion usullarini joriy etmoqda. |
GMP talablariga javob beradigan ilmiy-texnologik markaz ishga tushirildi 19.03.2019FanOʻzR FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida 3 ta moduldan iborat “GMP talablari boʻyicha dori vositalari substansiyalarni ishlab chiqarish texnologiyalarini sinash ilmiy-texnologik markazi” joriy yilning 18 mart kuni ochildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvahidov, OʻzR FA prezidenti Bexzod Yuldashev, OʻzR Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, shuningdek, akademiklar, yetakchi olimlar va mutaxassislar, xorijiy hamkorlar ishtirok etishdi. |
Innovatsiya vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi tashkil etiladi 15.03.2019JamiyatNormativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ilmiy-ijodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi. |