O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsiya vazirligi amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalarni moliyalashtirishni boshladi

2019-02-25 | Fan

2019-yil 22-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2019–2021-yillarga moʻljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar, innovatsion ishlanmalar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov moliyalashtirishga tavsiya etilgan loyiha rahbarlariga sertifikatlarni tantanali topshirdi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining 2019—2021-yillardagi Innovatsion rivojlantirish strategiyasiga koʻra ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflanadigan davlat xarajatlarini koʻpaytirishni nazarda tutilgan. Bu xarajatlar oʻz navbatida yurtimiz taraqqiyotiga nafi tegadigan, aholi farovonligiga va xalqimiz turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladigan mahsulotlar, texnologiyalar koʻrinishida davlatga foyda olib kelishi lozim. Oʻz navbatida, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishdan keladigan foyda olimlarning ham moliyaviy ahvoliga ijodiy taʼsir koʻrsatib, kelgusida ularning ilmiy izlanishlar bilan yanada chuqur shugʻullanishlariga zamin yaratishi kerak.

Innovatsion rivojlanish vazirligi amaliy ilmiy-texnik loyihalar, innovatsion ishlanmalar hamda dolzarb tematik tadqiqotlar tanlovlarini eʼlon qilgach, har bir yoʻnalish boʻyicha tanlovga kelib tushgan loyihalar vazirlik huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan ekspertizadan oʻtkazilmoqda. Topshirilgan loyihalardagi maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi, natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan vazifalarga mosligi, ijrochilarning ilmiy-texnik salohiyati, ijrochi tashkilotda moddiy-texnik baza mavjudligi va boshqa mezonlar oʻrganilib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.

Ilmiy-texnik kengashlar xulosalari asosida moliyalashtirishga tavsiya etilgan ilmiy-texnik loyihalari 2019-yil 16-fevraldagi vazirlik Hayʼatida koʻrib chiqilib, moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qilindi. Unga koʻra farmakologiya, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi, kimyo, texnika yoʻnalishlaridagi aniq maqsadga yoʻnaltirilgan 6 ta loyiha moliyalashtirildi.

Mazkur 6 ta tadqiqot ishlari moliyalashtirishga loyiq deb topilgan ilk loyihalardir. Endilikda vazirlik muntazam ravishda moliyalashtiriladigan loyihalarnirasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.

2019-yilda moliyalashtiriladigan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2020 hamda 2019-2021-yillarga moʻljallanganamaliy loyihalar roʻyxati

№ 

Loyiha mavzusi

Ijrochi tashkilot

Loyiha rahbari

1

“Biokor-0,2g tabletkalarining onkologik kasalliklarda kompleks terapiya maqsadida ishlatish uchun yakunlovchi klinik tekshirishlarni oʻtkazish”

O.S. Sodiqov nomidagi

Biorganik kimyoinstituti

Ibrohimov Fozil Axmedovich,

b.f.d.

2

Mis ishlab chiqarish chiqindilaridan nikelni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish va oʻzlashtirish

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali

Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich,t.f.n., dos.,

3

“Olmaliq KMK AJ ishlab chiqarish sharoitlarida rangli va nodir metall rudalarini flotatsiya jarayonida qoʻllash uchun mahalliy va ikkilamchi xom ashyolardan import oʻrnini bosuvchi koʻpiklantiruvchi-flotoreagentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish”

“KOMPOZIT NANOTEXNOLOGIYASI” MCHJ ilmiy-texnologik markazi va “Fan va taraqqiyot” DUK

Negmatova Komila Sayibjonovna, t.f.d.

 

Innovatsion loyihalar

№ 

Loyiha mavzusi

Ijrochi tashkilot

Loyiha rahbari

 

 

1

 

 

Nurota tumanining togʻoldi hududlaridagi samarasiz foydalanilayotgan lalmi yerlarida yongʻoq mevali (pista, bodom) daraxt plantatsiyalarini barpo etishva ularning yuqori hosildorligini taʼminlashning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish

 

 

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti

 

 

Chernova Galina Mixaylovna, k.s/x.n.

 

 

 

2

 

 

Import oʻrnini bosuvchi seolit adsorbenti va H2S oksidlash konversiya jarayoni himoya qatlam adsorbentlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish

 

 

Oʻzbekiston kimyo farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti

 

 

Yunusov Miraxmad Poʻlatovich, t.f.d., professor

 

 

 

3

 

 

Statsionar va mobil obyektlarga ishlov berish uchun ozon-generatorining tajriba-ishlab chiqarish namunasini yaratish

 

 

OʻzRFA Konstruktorlik byurosi va tajribaviy ishlab chiqarish ilmiy-texnik markazi

 

 

Simonov Aleksandr Alekseyevich,

f-m.f.n.,

 

 

Поделиться