O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda yosh ixtirochilar oʻrtasida innovatsion festival-tanlov oʻtkazildi

2019-03-01 | Innovatsiya

Namangan shahrida boʻlajak ixtirochilar oʻrtasida “Kelajak sari innovatsion texnologiyalar bilan!” festival-tanlov oʻtkazildi.

Festival-tanlov Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etildi va unda viloyatdagi barcha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari “Barkamol avlod” bolalar markazlarida avtomodel, avia-raketa model, robototexnika, kemasozlik, informatika va kompyuter texnologiyalari kabi oʻndan ziyod yoʻnalishlardagi toʻgaraklarda tahsil olayotgan yoshlar ishtirok etdilar.

Tanlovning dastlabki saralash bosqichlarida Namangan shahri va viloyatining barcha tumanlaridan 500 nafardan ziyod oʻquvchilar ishtirok etgan boʻlsa, finalda esa ular orasidan saralash bosqichida muvaffaqiyatli oʻtgan 182 nafar oʻquvchilar texnik ishlanmalar, yaʼni avtomodel, avia-raketa model, kemasozlik va robototexnika hamda informatika va kompyuter texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblik uchun bahslashdi.

Tanlov doirasida “Aqlli tovuqxona”, “Koʻrkam shaharcha”, “Ozoda hudud”, “Sayohatchi mikroavtobus”, shuningdek, bir necha oʻnlab avto, avia-raketa modellar, informatika va kompyuter texnologiyalari boʻyicha turli dasturlar hamda veb-saytlarni namoyish etdilar.

Mazkur tadbirda oʻqituvchilar ham marketing, ilmiy-texnik ishlanmalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlaridagi izlanishlari mahsuli boʻlgan ishlanmalari va loyihalari bilan qatnashdi.

Oʻqituvchilar festival tanlov doirasida dars jarayonida oʻquvchilar faolligini axborot kommunikatsion texnologiyalar orqali oshirish, innovatsion baholash uslublari sifatida “Plikers” (“Plickers”) dasturini keng qoʻllash, multimedia vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirilishiga qaratilgan loyihalarini taqdim etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov tanlov doirasida taqdim etilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi hamda oʻquvchilar va oʻqituvchilarning ishlanmalariga yuqori baho berdi.

Tadbir yakunida Sherzod Shermatov gʻolib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Поделиться