O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnali Oliy attestatsiya komissiyasininning ilmiy nashrlari roʻyxatiga kiritildi

2019-03-15 | Fan

“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3416-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan boʻlib, 2018 yil iyun oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligida nashr qilinadi.

Jurnal respublikamizda ilm-fan, milliy iqtisodiyot va siyosiy tizim hamda taʼlim tizimining rivojlanishiga koʻmaklashish, mamlakatimiz olimlari, mutaxassislari, doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari va OTM professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilayotgan izlanishlarning ilmiy ahamiyati hamda bu boradagi faolligini oshirishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan.

Nashrdagi maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi. Maqolalarni tanlab olish mezonlari OAK talablaridan kelib chiqib belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2019 yil 28 fevraldagi 262/9.2-son qarori bilan “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnali texnika, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyot fanlari boʻyicha OAKning dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritildi.

Поделиться