O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Robototexniklar oʻrtasida “RoboCUP” televizion musobaqasi eʼlon qilinadi!

2019-02-22 | Innovatsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash Ulugʻbek jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yurtimizdagi iqtidorli yosh robototexniklar oʻrtasida “RoboCUP” televizion musobaqasini eʼlon qiladi.

“RoboCUP” musobaqasi Robo-sumo hamda Robo futbol yoʻnalishdan iborat boʻlib, 2 yosh toifasi oʻrtasida oʻtkaziladi.

Robo sumo yoʻnalishi arduino platformasida yasalgan, oʻzini oʻzi boshqaruvchi 16 ta robot oʻrtasida oʻtkaziladi. Ushbu yoʻnalishda qatnashish uchun 2 kishidan iborat boʻlgan jamoa oʻz robotini yasashi kerak. Musobaqa gʻoliblari Xitoyda boʻlib oʻtadigan Asian Science Camp oromgohida qatnashishlari uchun yoʻllanma beriladi.

Robo futbol yoʻnalishi Lego konstruktorlarida yasalgan robotlar oʻrtasida oʻtkaziladi. Musobaqa gʻoliblari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga kirish uchun 30% qoʻshimcha ballarga ega boʻladi hamda esdalik sovgʻalari topshiriladi.

Musobaqaga qatnashish uchun barcha jamoalar onlayn ariza toʻldirishlari talab etiladi. Arizalar 2019 yilning 5martiga qadar reg.mininnovation.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Yilning eng innovatsion loyihasida ishtirok eting!

Поделиться