O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

«Kitobsevar millat» shiori ostida «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkaziladi

14.04.2022JamiyatManba: O'zA

2022-yilning 18-23-aprel kunlari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan O‘zbekiston bo‘ylab “Kitobsevar millat” shiori ostida II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tadi.

Janubiy Koreyalik IT mutaxassislar ishtirokida o‘quv-trening tashkil etildi

14.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Qarshi shahrida Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda 2 kunlik o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘idagi ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, qo‘shimcha vazifalar belgilandi

13.04.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Toshkentda nogironlar huquqlarining taʼminlanishi mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening ish boshladi

12.04.2022JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Bugun poytaxtimizda “O‘zbekiston Respublikasining Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga rioya etishi yuzasidan muqobil maʼruza tayyorlashda nodavlat notijorat tashkilotlarning salohiyatini oshirish” mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘z ishini boshladi.

Dunyo malikalari Toshkentda bahslashadi

12.04.2022SportManba: O'zA

Joriy yilning 15-17-aprel kunlari poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli xalqaro turnir O‘zbekiston sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Toshkent shahridagi Inha universitetida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi ochildi

12.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahridagi Inha universitetida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi o‘z ish faoliyatini boshladi. Uning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda universitet xodimlari va rahbariyati hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK direktori ishtirok etdi.

Jizzaxlik yoshlarga ixtisoslashtirilgan dzyudo zali foydalanishga topshirildi

11.04.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yengil konstruksiyali (sendvich-panelli) sport inshootlarini qurish bo‘yicha bergan topshiriqlari bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hamkorligi davom etadi. Bu gal Jizzaxda ixtisoslashtirilgan dzyudo zali qurildi.

ShHT a'zo-davlatlari Ilm-fan va texnika bo'yicha rahbarlarining Oltinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi

11.04.2022ShHTManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) ShHT a'zo-davlatlari Ilm-fan va texnika bo'yicha rahbarlarining Oltinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Jahon banki bilan qoʻshma loyiha doirasida hududlarda BPO markazlarini yaratish va jihozlash rejalashtirilmoqda

08.04.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yevropa va Markaziy Osiyoda raqamli rivojlanish amaliyoti menejeri v.b Nikol Klingen uchrashuv o‘tkazdi.

Bosh prokuratura mas’ullari Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari bilan uchrashdi

08.04.2022SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekiston bo‘yicha missiyasi rahbari Ron van Ruden boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

SHHT a'zo-davlatlari Ilm-fan va texnika bo'yicha Doimiy ishchi guruhning yig'ilishi bo'lib o'tdi

08.04.2022ShHTManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Toshkent shahrida  O'zbekiston tomoni raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) a'zo-davlatlari Ilm-fan va texnika bo'yicha Doimiy ishchi guruhning yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda 8-aprel kuni bo'lib o'tadigan SHHT a'zo-davlatlari Ilm-fan va texnika bo'yicha rahbarlarining Oltinchi yig'ilishida ko'riladigan masalalar tomonlar o'rtasida muhokama qilindi.

Andijon viloyatida “Digital School” va Inkubatsiya markazlari o‘qituvchi- xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

08.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida viloyat miqyosida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, IT ta’limni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasida yoshlarni kasbga tayyorlash va yo‘naltirish tizimini amalga oshirish maqsadida “Andijan digital city” texnoparkining IT-akademiyasida shahar va tumanlardagi umumta’lim maktablari negizida tashkil etilgan “Digital School” markazlari va oliygohlardagi Inkubasiya markazlari o‘qituvchi xodimlari uchun Veb dasturlashning “Foundation” (HTML, CSS, Python) o‘quv dasturi bo‘yicha bir oylik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Navoiy viloyatini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

08.04.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Navoiy viloyatini kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bank tizimida ayollarni qo‘llab-quvvatlashga doir tadbirlar jadallashtiriladi

07.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Markaziy bankda shu mavzuda davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari, Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy bosh boshqarmalari rahbarlari, tasarrufdagi korxonalar mas'ullari, tijorat banklarining gender masalalari bo‘yicha Kengashlari raislari ishtirok etishdi.

“Lonely Planet” O‘zbekistonni tashrif buyurishga arziydigan davlatlar qatoriga kiritdi

07.04.2022TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Dunyoga mashhur “Lonely Planet” nashri O‘zbekistonni may oyida kam harajat evaziga “sarguzashtli sayohat” turkumi doirasida tashrif buyurishga arziydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Uchqun Murodov xalqaro turnirining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

07.04.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimiz dzyudo bo‘yicha Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Bugun “Universal” sport saroyida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi maqomidagi musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bunyodkorlik loyihalaridan asosiy maqsad - ish o‘rinlari

07.04.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov AQSh Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi bilan uchrashdi

06.04.2022JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Joriy yilning 6-aprel kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov va AQSh Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi Nadin Mayenza oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Raqamli transformatsiya – taraqqiyot omili

06.04.2022JamiyatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon Banki bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes jarayonlarni autsorsing qilish (BPO)” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Аyollar terma jamoamiz amaldagi jahon chempionlariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

06.04.2022SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan so‘nggi paytlarda ayollar futbolini rivojlantirish, mavjud sharoit va kamchiliklarni o‘rganib borish hamda ularni bartaraf etish, tizimni isloh qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda.