O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Аyollar terma jamoamiz amaldagi jahon chempionlariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

2022-04-06 | Sport

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan so‘nggi paytlarda ayollar futbolini rivojlantirish, mavjud sharoit va kamchiliklarni o‘rganib borish hamda ularni bartaraf etish, tizimni isloh qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda assotsiatsiya qoshida ayollar futboli qo‘mitasi tashkil etilib, isteʼdodli futbolchi qizlarni tarbiyalash, malakali murabbiy, shifokor va psixolog mutaxassislarni jalb etish, ularni barcha turdagi litsenziyaga bepul o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Qolaversa, terma jamoa boshqaruviga Osiyo qitʼasida ayollar futboli borasida yetakchi mamlakat bo‘lmish Yaponiyadan mutaxassislar jalb etildi. Terma jamoalar uchun xorijiy yig‘inlar va kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, shu yil 9-12-aprel kunlari O‘zbekiston ayollar terma jamoasi AQSHda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov safar oldidan ayollar terma jamoamiz bilan uchrashdi. 

“Birinchi navbatda, Amerika safari oldidan Assotsiatsiyamiz rahbari Abdusalom Azizov nomidan barchangizga omad va oq yo‘l tilaymiz! Maʼlumki, AQSH terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi va tarixda eng ko‘p – 4-marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan. Ushbu o‘rtoqlik o‘yinlari bizning jamoa uchun katta tajriba vazifasini o‘taydi. Chunki oldinda jiddiy musobaqalar bor va oldimizga yuqori maqsadlar qo‘yilgan. Shu sababli terma jamoa boshqaruviga Midori Honda kabi malakali mutaxassis taklif etildi. Kuchli jamoalar bilan uchrashuvlar esa jamoamiz saviyasi oshishiga xizmat qiladi”, - dedi Ravshan Ermatov.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться