O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Raqamli transformatsiya – taraqqiyot omili

2022-04-06 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon Banki bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda inklyuziv raqamlashtirish va biznes jarayonlarni autsorsing qilish (BPO)” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davlat xizmatlarini barchaga tezkor, samarali va adolatli ko‘rsatish uchun elektron hukumatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik ishonchi va shaffofligini mustahkamlash, raqamli iqtisodiyotni rivojlanish jarayonida ishtirok etish va hamkorlik qilish muhim ahamiyatga ega. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari doimo rivojlanib, jamiyat, madaniyat va iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirmoqda.  

Dunyo raqamli ekotizimda texnologiyaning jadal rivojlanishiga guvoh bo‘lmoqda, bunga ijtimoiy tarmoqlar, blokcheyn, sun’iy intellekt, biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) va bilim jarayonlari autsorsingi (KPO) misol bo‘la oladi.  Raqamli rivojlanishning O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi uchun muhim ahamiyatini e’tirof etgan holda, hukumat raqamli transformatsiyani o‘zining birinchi strategik kun tartibiga qo‘ymoqda.

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qabul qilish va 2022–2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida raqamlashtirishga e’tibor qaratish shular jumlasidandir.  Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston hukumati raqamli ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda O‘zbekistonda raqamli ish o‘rinlarini yaratish, shu jumladan, yoshlarning salohiyatini oshirish uchun IT va biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) hamda bilim jarayonlari autsorsingi (KPO) xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha o‘zining izchil ishlarini olib bormoqda.  

O‘zbekiston hukumati IT-autsorsing salohiyatini yorqin namoyon etgan holda, aholi, ayniqsa, yoshlarning raqamli ko‘nikmalarini oshirish uchun barcha viloyat va tumanlarda BPOga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etib, ushbu imkoniyatlarni kengaytirmoqda. 

Tadbirda mamlakatimiz mutaxassislari va xalqaro ekspertlar ishtirok etib, raqamli rivojlanishning bugungi holati va istiqbollari, baholash usullari hamda O‘zbekistonni raqamli rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar haqida so‘z yuritdilar. Tadbir davomida O‘zbekistonda BPO xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, bu jarayonlarga yoshlarni keng jalb etish, autsorsingga ixtisoslashgan kompaniyalar tajribasi haqida ma’lumotlar berildi. 

Manba: O'zA

Поделиться