O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamiyat
Xotin-qizlar uchun ulkan imkoniyatlar belgilandi 01.03.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytiPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-mart kuni xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. |
01.03.2022JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi Joriy yil 2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zoligiga qabul qilinganligining 30 yilligi nishonlanadi. Bu, shubhasiz, mamlakatimizning zamonaviy rivojlanishi yo‘lidagi muhim tarixiy voqea hisoblanadi. |
Ikki mamlakat Energetika vazirlari hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi 01.03.2022IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiNur-Sulton shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston Energetika vazirlari Alisher Sultanov va Bolat Oqchulakovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. |
“Stranja” qahramonlari Vatanga qaytishdi 01.03.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiBolgariyaning Sofiya shahrida "kichik jahon chempionati" sifatida e’tirof etiladigan "Stranja" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan bokschilarimiz bugun tunda O‘zbekistonga qaytib kelishdi. |
01.03.2022EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP)ning Keniya poytaxti Nayrobi shahrida joylashgan shtab-kvartirasida BMT Atrof-muhit assambleyasining beshinchi sessiyasi (UNEA–5.2) bo‘lib o‘tmoqda. |
O‘zbekistonlik kriketchilar Pokistonda 28.02.2022SportManba: O'zAJoriy yilning 27-fevraldan 5-martgacha Islomoboddagi “Pindi” stadionida O‘zbekiston va Pokiston davlatlari o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning 30 yilligi munosabati bilan bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi. |
28.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi Pensiya va ijtimoiy jamg‘armalar xalqaro assotsiatsiyasi raisi Almas Kurmanov va Assotsiatsiya direktori Yevgeniy Ametov, shuningdek, xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasi bosh kotibi Marselo Abiramiya Kayetanoning video formatdagi tabrik nutqida ijtimoiy soha oldida turgan yangi muammolarga muvofiq ijtimoiy ta’minotni isloh qilish zarurligi va ushbu sohadagi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, bu galgi anjumanning ahamiyatini ham shu nuqtai nazardan qayd etdilar. |
IT Park rezidenti Epam Systems kompaniyasi tomonidan Xorazm yoshlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi 28.02.2022YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiUrganch shahridagi IT Park filialida Epam Systems halqaro IT kompaniyasi vakillari tomonidan yoshlar uchun “Qanday qilib yuqori haq to‘lanadigan kasbni egallash kerak” yoki “IT ga qanday kirish kerak” mavzularida seminar o‘tkazildi. |
AKT vaziri IT Park rezidenti bo‘lgan “IMPACTT” texnologik xabga tashrif buyurdi 28.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiO‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov joriy yilning yanvar oyida ochilgan IT Park rezidenti boʻlgan “IMPACTT” texnologik xabga bordi. |
28.02.2022JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati delegatsiyasining Istanbul shahriga amaliy safari doirasida Turkiyaning Laleli sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi (LATSIAD) bosh kotibi Ishil Sazak xonim bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda. |
O'zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlariga seminar o'tkazildi 25.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligiInnovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari «Yosh olimlarni etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish tartibi» mavzusida seminar-trening o'tkazdilar. Trening onlayn shaklda tashkil etilgan bo'lib, unda O'zbekiston milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallaridan 30 nafardan ortiq ilmiy xodimlar va mutaxassislar qatnashdilar. |
Boʻlajak innovatorlar omma oldida nutq soʻzlash mahoratini egallamoqdalar 25.02.2022InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligiOʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida 21–25-fevral kunlari boʻlib oʻtayotgan Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy harbiy taʼlim muassasalarining olimlari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar koʻrgazmasi doirasida navbatdagi biznes amaliy trening boʻlib oʻtdi. |
Yana bir muqobil energetika stansiyasi qurilishi boshlandi 24.02.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytiPrezident Shavkat Mirziyoyev 24-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumaniga tashrif buyurdi. |
Mo‘ynoqda BPO-school tashkil qilindi 24.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiAxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Mo‘ynoq tumanida tashkil etilgan BPO-school faoliyati bilan yaqindan tanishdi. |
Prezident mo‘ynoqliklar bilan muloqot qildi 23.02.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni Mo‘ynoq shahriga keldi. |
Vazir o‘rinbosari Sodiqjon Turdiev Qoraqalpog‘iston mahallalaridagi sharoitlarni o‘rganmoqda 23.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligiVazir o‘rinbosari Sodiqjon Turdiev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Muynoq tumani va Nukus shahrida vazirlikning mas'ul xodimlari bilan birgalikda Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-son qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. |
2022-yil ko‘rgazmalar mavsumining boshlanishi va o‘tgan yil natijalari 23.02.2022IqtisodiyotManba: Toshkent shahar hokimligi14 ta xalqaro ko‘rgazma, dunyoning 38 ta mamlakatidan 900 ta kompaniya, 32 mingga yaqin tashrif buyuruvchilar. Bu Iteca Exhibitions ko‘rgazmalar kompaniyasining 2021-yildagi natijalaridir. |
O‘zbekiston va Afg‘oniston ustuvor yo‘nalishlarda muloqotni rivojlantirmoqda 23.02.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiJoriy yilning 22-fevral kuni qisqa muddatli safar chog‘ida Kobul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzoqov Afg‘oniston Muvaqqat hukumati rahbari vazifasini bajaruvchi Mulla Mulla Muhammad Hasan Oxund bilan O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. |
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati funksional tahlili muhokama qilindi 23.02.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining SenatiO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (DXA) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning Yevropa Ittifoqi (YEI) tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida 3 ta tajriba hududida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining funksional tahlili amalga oshirildi. |
«Yashil makon» loyihasi: diniy konfessiya vakillari nigohida 22.02.2022EkologiyaManba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitaJoriy yil 21-fevral kuni O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasida Konfessiyalar ishlari bo‘yicha kengash a'zolarining “Yashil makon” umummilliy loyihasi yuzasidan bayonot qabul qilishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. |