O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Lonely Planet” O‘zbekistonni tashrif buyurishga arziydigan davlatlar qatoriga kiritdi

2022-04-07 | Turizm

Dunyoga mashhur “Lonely Planet” nashri O‘zbekistonni may oyida kam harajat evaziga “sarguzashtli sayohat” turkumi doirasida tashrif buyurishga arziydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

Maqolada betakror meʼmoriy obidalari, madrasalari, maqbaralari va qabristonlari bilan sayyohlarni oʻziga tortadigan tarixiy shaharlar tilga olindi. O‘zbekiston bahorning so‘nggi oyida, ayniqsa, o‘nlab tematik festivallar o‘tkazish rejalashtirilganida go‘zal.

“Ajoyib ob-havoda Ipak yo‘li karvonsaroyini tomosha qiling. Ipak yo'li. Ziravorlar. Ming yillar davomida Markaziy Osiyoning madaniy yuragi bo'lgan bu yerga sayohat qilishda shubhasiz romantik hislarni tuyish mumkin. Bu, ayniqsa, mozaik maqbaralar, masjid va madrasalar bilan jilvalanayotgan O‘zbekistonning uchta tarixiy shahri – Samarqand, Buxoro va Xivaga taalluqlidir. May oyining oxirida Buxoroda boʻlib oʻtadigan “Ipak va ziravorlar festivali” o‘zining gilamdoʻzlari, yogʻoch oʻymakorlari, sozandalar va rassomlar ijodi mahsulotlari bilan mashhur.

Darhaqiqat, may O'zbekistonga tashrif buyurish uchun eng zo'r oydir. Mamlakat ob-havosi diqqatga sazovor joylarini tomosha qilish uchun qulay sharoit yaratib, lola va o‘rik gullari esa manzarani yanada jonlantiradi”. Ma’lumot uchun: “Lonely Planet” – xalqaro nashriyot kompaniyasi bo‘lib, 1972-yilda Avstraliyada tashkil etilgan.

U kam harajatli sayohatlar bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan birinchi rasmiy nashriyotlardan biri hisoblanadi.

 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться