O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiy viloyatini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

2022-04-08 | Iqtisodiyot

Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Navoiy viloyatini kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda vazirliklar, idoralari, tarmoq birlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari qatnashdi.
 
Ta'kidlash kerakki, yuqorida qayd etilgan tuzilmalar vakillaridan iborat ishchi guruh bir hafta oldin viloyatga o‘z ishini boshlagan edi. Guruh vazifalariga iqtisodiy o‘sish, tadbirkorlik va xizmatlar sohasi, investitsiyaviy va eksport faoliyatini rivojlantirish, infratuzilma, qishloq va suv xo‘jaligi hamda ijtimoiy sohani takomillashtirishning bugungi holatini chuqur tahlil qilish masalalari kirgan edi.
 
Yig‘ilish davomida vazirliklar, idoralar va tarmoq birlashmalari rahbarlari amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida hisobot berib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida takliflar taqdim etdi. Ular tarmoqlar va yo‘nalishlar kesimida muayyan tuman (shahar) larda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
 
Viloyatda investitsiyalar, sanoat ishlab chiqarish va eksport hajmlarining o‘sishini rag‘batlantirish borasida ishga solinmagan imkoniyat va zaxiralarni aniqlash hamda ulardan to‘liq foydalanishga qaratilgan ishlarga katta e'tibor qaratish topshirildi.
 
Shuningdek, hududda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan to‘liq siklli yuqori texnologik ishlab chiqarish ob'ektlar sonini ko‘paytirish hamda unga bog‘liq tarmoqlarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish zarurligi ta'kidlandi.
 
Tadbirkorlar va eksportchilar bilan manzilli ishlash mexanizmini takomillashtirish, kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berish va ko‘tarilgan masalalarni hal etishni ta'minlash bo‘yicha topshiriqlar ham berildi.
 
Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlarga viloyat miqyosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi ishlar doirasida aniq vazifalar belgilab berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться