O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi Inha universitetida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi ochildi

2022-04-12 | Jamiyat

Toshkent shahridagi Inha universitetida Kiberxavfsizlik laboratoriyasi o‘z ish faoliyatini boshladi. Uning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda universitet xodimlari va rahbariyati hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK direktori ishtirok etdi.

Mazkur laboratoriya negizida kiberxavfsizlik bo‘yicha talabalarni o‘qitish va mutaxassislarni tayyorlash, kiberxavfsizlik bo‘yicha bir qator amaliy mashg‘ulotlar uyushtirish, laboratoriyada hamkorlarni jalb qilgan holda kurslar tashkil qilish kabi tashabbuslar amalga oshiriladi.

Tadbir davomida Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, xususan, kiberxavfsizlik masalalari, universitet talabalari uchun talab qilinadigan ko‘nikma va bilimlarni olish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, qo‘shma ta’lim tashabbuslarini tashkil etish hamda qator ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться