O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dunyo malikalari Toshkentda bahslashadi

2022-04-12 | Sport

Joriy yilning 15-17-aprel kunlari poytaxtimizda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli xalqaro turnir O‘zbekiston sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Bu yilgi musobaqada O‘zbekiston, AQSH, Avstraliya, Ozarbayjon, Bolgariya, Kolumbiya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Latviya, Yangi Zelandiya, Sloveniya, Armaniston kabi davlat vakillari g‘oliblik uchun kuch sinashadi.  

Mamlakatimizda o‘tishi kutilayotgan mazkur jahon kubogi ishtirok etadigan barcha gimnastikachilar uchun muhim hisoblanadi. Sababi, 2022-yilgi mavsumda gimnastikachilarni bir qator muhim musobaqalar kutmoqda. Jumladan, Olimpiya o‘yinlarigacha bo‘lgan davr ancha qisqa. Ya’ni shu yilning kuzida litsenzion jahon chempionati boshlanadi va unda “Parij-2024” Olimpiadasi uchun birinchi kvotalar o‘ynaladi.  

Bu esa terma jamoalarning tayyorgarlik ko‘rishi uchun muddat kam qolganini bildiradi. Shuningdek, gimnastikachilardan murakkabroq dasturlarni talab qiladigan hakamlik qilishda yangi qoidalar kiritilgani va guruh mashqlariga o‘zgartirish kiritilgani sportchi va murabbiylar uchun biroz noqulayliklar tug‘dirishi tabiiy. 

Ushbu sinovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘z mahoratlarini yanada oshirish uchun Toshkentda o‘tadigan jahon kubogi gimnastikachilar katta maydonga aylanadi. Bu esa har bir yo‘nalishdagi bahslar qizg‘in o‘tishini kafolatlaydi.  

Toshkentdagi jahon kubogi yakkalik bosqichida mamlakatimiz sharafini Tokio Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari va Jahon chempionati bosqichlari g‘olibi, jamoa yetakchisi Sabina Tashkenboyeva, Osiyo chempioni Taxmina Ikromova himoya qiladi. 

Shuningdek, guruh mashqlarida Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Nilufar A’zamova, Mumtoza Isxakzoda, Mariya Pak va Xurshida Abduraufovalar o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi. Jamoaga Ra’no Muhamedova va Nilufar Shomurodovalar ustozlik qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ilk bor badiiy gimnastika bo‘yicha bunday yuqori miqyosdagi turnirlar 2004 va 2005 - yillarda o‘tkazilgan bo‘lsa, oradan 5 yil o‘tib, 2010-yilda Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tgan. Shu davrdan boshlab har yili poytaxtimiz sayyoramizning eng kuchli gimnastikachilari ishtirokida nufuzli musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda. 

Manba: O'zA

Поделиться