O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Xalqaro moliya institutlari ishtirokida innovatsiyalarni joriy qilish va loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi

12.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida Farg‘ona shahridagi studiyadan videokonferensaloqa orqali innovatsiyalarni joriy qilish hamda xalqaro moliya institutlari tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

“Hukumat soati”: 2022 yilda aholining suv ta’minoti darajasi 69,7 foizdan 74,2 foizga yetkaziladi

11.05.2022JamiyatManba: O'zA

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar hududlarda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash hamda ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va uy-joy fondini yangilash, sohada korrupsiyani yo‘qotish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalani muhokama qildilar.

Мanfaatlar toʻqnashuvi alohida qonun bilan tartibga solinmoqda

11.05.2022Jamiyat

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz) ga davlat idoralarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash, oldini olish va tartibga solish mexanizmlarini aniq belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Farg‘ona viloyati iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda

11.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatining ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishning bugungi holatini o‘rganish hamda uning investitsiyaviy, sanoat va eksport salohiyatidan foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun ushbu hududga jo‘nab ketdi.

Jarqo‘rg‘onda viloyat hokimi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

11.05.2022JamiyatManba: Surхоndаryo vilоyati hоkimligi
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida sektorlar, boshqarma va tashkilotlar, Xalq qabulxonasi rahbarlarining fuqarolar murojatlarini o‘rganish bo‘yicha navbatdagi sayyor qabuli Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tdi.

Viasat hamda Eutelsat kompaniyalari vakillari balan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

11.05.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Space Technology Conference STC-2022” xalqaro konferensiyasi doirasida 10-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Viasat hamda Eutelsat kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotida o‘tkazilgan muzokaralar to‘g‘risida

11.05.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov boshchiligidagi delegatsiya Italiyaga tashrifi doirasida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotida (FAO) muzokaralar o‘tkazdi.

Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiyani jadallashtirish orqali aholining ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishini ta’minlash imkoniyatlari

10.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya darajasini oshirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida hududda, ekspertlar fikrini hisobga olib, transport infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulaylik yaratish belgilangan.

O'zbekistonlik qizlar stratosferaga nanoyo'ldosh uchirdilar

10.05.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Joriy yilning 8-may kuni O'zbekistonning turli hududlaridan UniSat dasturi ishtirokchilari bo'lgan 20 nafardan ortiq qizlar stratosferaga o'zlari yasagan zamonaviy nanoyo'ldoshni uchirdilar. O'zgidromet mutaxassislari ko'magida qizlar to'plangan meteorologik ma'lumotlarni tahlil qiladilar.

Ohangaronda yuqori sifatli elektr-maishiy texnikalari ishlab chiqaradigan korxona ishga tushdi

10.05.2022IqtisodiyotManba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi

Mamlakatimiz bozorida o'z mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida korxona ta'sischilari – Birlashgan Arab Amirliklarining “Fajr Al Mustaqbal General Trading” korxonasi hamda “Vista Electronics Group” MChJ QK hamkorligida "Kir yuvish mashinalari va sovutgichlar ishlab chiqarish" loyihasiga 2020-yil may oyida start berilgan edi.

Prezident: Mahalla haqiqiy kuch bo‘layapti

10.05.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz rahbari Toshkent shahrining Yashnobod tumanida barpo etilgan “Uch avlod bog‘i”ni borib ko‘rdi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar Xalqaro reytinglarda baholanmoqda

07.05.2022JamiyatManba: O'zA

Toshkentda ana’anaviy Uchinchi xalqaro reyting forumi bo‘lib o‘tdi.

Gonkong korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mustaqil komissiyasi vakillari bilan oʻzaro istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

07.05.2022Siyosat

BMT Taraqqiyot dasturining Singapurdagi Global dasturi va Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ekspertlari koʻmagida Agentlik rahbariyati hamda Gongong Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mustaqil komissiyasi vakillari oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil qilindi. 

Andijon viloyati sanoat salohiyatini oshirishning yangi imkoniyatlari

07.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligidagi ishchi guruh Andijon viloyatining iqtisodiy va sanoat rivojlanishining bugungi holatini o‘rganish maqsadida ushbu hududga jo‘nab ketdi.

Biznesni qo‘llab-quvvatlashga 300 million dollar

07.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladigan “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

7-may – Aloqachilar kuni munosabati bilan AKT vazirligi hamda vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan fidoyi xodimlar taqdirlandi

07.05.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga yo‘naltirilgan fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktabda 7-may – Aloqachilar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tizimdagi tashkilotlar xodimlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Veon” kompaniyalar guruhi rahbariyatiga O‘zbekistonga sarmoya kiritishni ko‘paytirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish taklif etildi

06.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 6 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Veon” kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashdi.

IFMR Green Hub – “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun maydonchasi haqida

05.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

“Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish – dunyodagi barcha mamlakatlar uchun eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston ham bu yo‘nalishni faol rivojlantirmoqda. “2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish strategiyasi” qabul qilingan, shuningdek, “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”dagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ham “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishdir.  

AKT vaziri Boysun tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga borib, yoshlarga аxborot texnologiyalari va chet tillarini oʻrganish muhimligini ta’kidladi

05.05.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida Boysun tumanidagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markaziga tashrif buyurdi.

Xorazm viloyatida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilinmoqda

29.04.2022Xavfsizlik sohasiManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Prezidentimiz tashabbusi bilan, mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi ishtirokini kengaytirish, mahallalarda «Bir nuroniy o‘n yoshga masʼul» tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash vazifalar belgilangan edi.