O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Andijon viloyatida “Digital School” va Inkubatsiya markazlari o‘qituvchi- xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi
2022-04-08 | Jamiyat
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida viloyat miqyosida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, IT ta’limni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasida yoshlarni kasbga tayyorlash va yo‘naltirish tizimini amalga oshirish maqsadida “Andijan digital city” texnoparkining IT-akademiyasida shahar va tumanlardagi umumta’lim maktablari negizida tashkil etilgan “Digital School” markazlari va oliygohlardagi Inkubasiya markazlari o‘qituvchi xodimlari uchun Veb dasturlashning “Foundation” (HTML, CSS, Python) o‘quv dasturi bo‘yicha bir oylik malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Malaka oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida bugungi kundagi zamonaviy IT dasturlarni o‘rganish va ulardan foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
Loyihaning asosiy maqsadi tinglovchilarni axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish, olgan bilimlarini o‘zining ish joyida tadbiq qilish orqali yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘rgatish hisoblanadi. Ushbu amaliyot kelgusida viloyat markaziga yetib kela olmaydigan o‘quvchi yoshlarni va oliygohlardagi talabalarni dasturlashning boshlang‘ich bilimlarini o‘zlashtirishida imkon yaratadi.
Malaka oshirish kurslari yakunida tinglovchilar dastur orqali yaratgan kichik loyihalarini taqdimotini o‘tkazdilar va ularga IT sertifikatlar taqdim etildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi