O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov AQSh Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi bilan uchrashdi
2022-04-06 | Jamiyat
Joriy yilning 6-aprel kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov va AQSh Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi Nadin Mayenza oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida adliya vaziri delegatsiyani O‘zbekistonda vijdon erkinligini kafolatlash va ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlah choralari, xususan, qonunchilikdagi yangiliklar va kelgusidagi rejalar bilan tanishtirdi.
Tomonlar O’zbekiston va mintaqada vijdon erkinligi kafolati, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning erkin faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, sohaga oid qununchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
AQSH delegatsiyasi rahbari N. Mayenza mazkur yo’nalishda O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, vazirlik bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi