O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlash

06.06.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror ijrosi yuzasidan

Shahar deputatlar USAID'ning mas'ul vakili bilan uchrashdi

03.06.2022SiyosatManba: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning mahalliy boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahatchisi Maykl Keshishian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmon Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Abdumavlon Qosimov boshchiligidagi deputatlar guruhi bilan muloqot qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yetakchi OTM talabalari va “IT” akademiyalarining ilg‘or talabalari va “IT” soha vakillari bilan “IT CAREER EVENT-2022” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

03.06.2022JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Respublikasimizning yetakchi oliy taʻlim muassasalari va “IT” Akademiyalarining bitiruvchi talabalari bilan vazirliklar ichida ilk bora “IT CAREER EVENT-2022” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari – Odilbek Isakov ochib berdi.

Kurashchilarimiz reyting musobaqasini beshta medal bilan boshlashdi

03.06.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Qozogʻistonning Olma-Ota shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi boʻyicha reyting turniri start oldi. Ortda qolgan birinchi kun doirasida “klassik” kurash ustalari gilamga chiqishdi.

Springer Nature axborot resurslari platformasidan foydalanadigan oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ro'yxati

03.06.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

2022-yilda Springer Nature axborot resurslari platformasidan foydalananish imkoniyati yaratilgan O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari va ilmiy  tashkilotlarning ro'yxati

«Tashabbuskor budjet elchilari» tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

01.06.2022JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan «Ochiq budjet» axborot portali doirasida talabalar uchun tashkil etilgan «Tashabbuskor budjet elchilari» tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Prezident topshirig‘i yuzasidan hududlarga tashrif amalga oshirilmoqda: MOQ rahbariyati Buxoro viloyatida bo‘ldi

01.06.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-may kuni o‘tkazilgan videoselektorda sport sohasiga oid qator muhim masalalar muhokama qilinib, kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan edi.

Kibersport bo‘yicha SCO STUDENTS CUP chempionatining play off bosqichiga start berildi

31.05.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

30-may – 2-iyun kunlari Toshkent shahri Inha universitetida ShHT sammiti doirasida a’zo davlatlar o‘rtasida kibersport bo‘yicha SCO STUDENTS CUP chempionatining play off bosqichi va finali bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda O‘zbekiston-Tojikiston Ishbilarmonlar kengashining 5-yig‘ilishi va “B2B” shaklidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi

31.05.2022JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Kecha poytaxtimizdagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida O‘zbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar Kengashining 5-yig‘ilishi va ikki davlat tadbirkorlarining “B2B” shaklidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi

«Bu mening Konstitutsiyam» portali ishga tushirildi

27.05.2022JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati yangiliklari va fuqarolardan taklif qabul qilish platformasi, Meningkonstitutsiyam.uz portali, Telegram-bot va koll-markaz ishga tushirildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Narzulla Oblomuradov Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligining Ekologik nazorat va boshqaruv qo‘mitasi raisi Zulxufar Joldasov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

27.05.2022EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Uchrashuvda tomonlar keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar, tajriba almashish bo‘yicha o‘zaro tashriflarni va erishilgan do‘stona munosabatlarni yuqori baholab o‘tdilar.

AKT vaziri xorijdagi kompaniyalarni boshqarayotgan vatandoshlarimizga yurtimizda IT-sohani rifojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga va BPO yo‘nalishida faoliyatlarini O‘zbekistonda tashkil qilish, kengaytirish bo‘yicha takliflar berib murojaat qildi

27.05.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent shahridagi Inha universitetida AQSHda yashab faoliyat olib borayotgan huquqshunos jurnalist bloger Otabek Mahkamovning “Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Sanoat zonalarini rivojlantirish choralari muhokama qilindi

27.05.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-may kuni hududlarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari tashkil qilish, ularni zarur infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qohirada O‘zbekiston-Misr siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

26.05.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Qohira shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 10-davrasi bo‘lib o‘tdi.

Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori bilan IT ta’limni rivojlantirish va ushbu universitetning yangi axborot texnologiyalari fakultetini ochish masalalari muhakoma qilindi

26.05.2022MadaniyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 26-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Janubiy Koreyaning Puchon universiteti rektori Xan Jong Sok bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Markaziy Osiyo ekspertlari ma’lumotlardan foydalanish orqali davlat siyosati samaradorligini oshirish choralarini muhokama qilinmoqda

26.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Jahon banki O‘zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, shuningdek Moliya vazirligi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyot uchun samarali boshqaruv” mavzusida ikki kunlik yuqori darajadagi xalqaro konferensiya o‘tkazmoqda.

Moʻgʻuliston bankirlari assotsiatsiyasi (MBA) vakillari bilan uchrashuv

26.05.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Moliya vazirligi binosida, vazirlik, sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Byudjet va soliq tadqiqot instituti mutasaddilari va Moʻgʻulistonning bank-moliya faoliyati bilan shugʻullanadigan barcha Moʻgʻuliston banklari va boshqa tegishli moliya institutlarini birlashtirgan Moʻgʻuliston bankirlari assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashdilar.

Sardor Umurzakov “Bright Uzbekistan” jurnali tahririyati kengashiga raislik qiladi

26.05.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov “Bright Uzbekistan” media-loyihasi rahbari Davron Abdullaev bilan uchrashdi.

AKT vaziri Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutiga borib, yuqori malakali harbiy AKT mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

25.05.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutiga tashrif buyurdi.

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda kotibiyat xodimlari uchun o'quv-seminar tashkil etildi

25.05.2022JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining topshirig'iga ko'ra xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari hamda kotibiyat xodimlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida o'quv-seminarlari tashkil etildi.