O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Janubiy Koreyalik IT mutaxassislar ishtirokida o‘quv-trening tashkil etildi
2022-04-14 | Jamiyat
Qarshi shahrida Janubiy Koreyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda 2 kunlik o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi.
O‘quv treningning 2-kunida maktab yoshlarini IT sohasiga tayyorlash va robototexnika bilan tanishtirib borish maqsadida koreyalik mutaxassislar tomonidan yaratilgan Entry o‘quv platformasiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Trening davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va o‘zining faolligi bilan ajralib turgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi