O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

30-aprel kuni "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

28.04.2022EkologiyaManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi tegishli farmoyishi asosida joriy yilning 30 aprel kuni "Mahalla obodligi – yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinch o'rinbosari Erkin Muxitdinov Rossiya Federatsiyasi Quruvchilarning Milliy uyushmasi (Нострой) Prezidenti Anton Glushkov hamda uyushma ma'sullari bilan muzokara o'tkazdi.

26.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Uchrashuv doirasida tomonlar tartibli migratsiya, kasb-hunarga o'qitish istiqbollari hamda Ozbekiston va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi Pilot loyihasi doirasida xorijiy ishchilarning malakasini tasdiqlash mexanizmini yaratish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Ilm-fanga xorijiy grant mablag'larni jalb qilish bo'yicha seminar o'tkazildi

25.04.2022FanManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatga investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi mas'ul xodimlari va akademiya qoshidagi 30 nafardan ortiq Ilmiy tadqiqot institutlari vakillari bilan uchrashuv-seminar tashkil qilindi.

Xotin-qizlar bilan manzilli ishlash – huquqbuzarliklar profilaktikasining muhim omili

22.04.2022JamiyatManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

IIV Akademiyasida o‘tkazilgan davra suhbati xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish muammolariga bag‘ishlandi.

O‘zbekistonda Mobil-ID – shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalash tizimi joriy etiladi

22.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

"Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

Vikipediya portali bilan tanishish va uni ma'lumotlar bilan to'ldirish bo'yicha o'quv seminari bo'lib o'tdi

22.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligida Vikipediya portali bilan tanishish va uni ma'lumotlar bilan to'ldirish bo'yicha o'quv seminari o'tkazildi. 

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan Andijon tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlariga yechim topildi

20.04.2022JamiyatManba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tomonidan respublika hududlarida sud-huquq masalalari boʻyicha ommaviy sayyor qabullar oʻtkazish toʻgʻrisida berilgan topshiriqqa asosan joriy yilning 19-aprel kuni Andijon tumani hokimligi hovlisida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Ya.A.Abdulhaqov tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi.

Saudiya Arabistoni bilan transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi

20.04.2022IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Ar-Riyod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamovning Saudiya Arabistoni Qirolligi Transport vaziri Solih Al-Jasser bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish masalalari bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

20.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati, tizimidagi korxona, tashkilot va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida Vazirlik Hay’atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

«Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi Milliy siyosati (2022-2030)” loyihasi taqdim etildi

20.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Joriy yilning 19-aprel kuni YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan «O'zbekiston Respublikasining Ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi Milliy siyosati (2022-2030 yy.)” loyihasining taqdimoti bo'lib o'tdi.  Xalqaro tadbirga Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova moderatorlik qildi. 

Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining oltmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

19.04.2022JamiyatManba: Toshkent shahar hokimligi

Sessiyada poytaxtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va kommunal sohada olib borilayotgan ishlarga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Microsoft bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi

19.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2022-yil 14-aprel kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar natijadorligi hamda sohada 2022-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari  O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish kerakligini ta’kidlagandi. 

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

19.04.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Ar-Riyod shahrida Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning viloyat aholisiga murojaati

19.04.2022IqtisodiyotManba: Buхоrо vilоyati hоkimligi

Aziz buxoroliklar!

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryodagi qator mahallalarni ko‘zdan kechirdi

18.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Abdulla Tursunov Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi hamda hududda joylashgan qator mahallalarda olib borilayotgan obodonlashtirish va qurilish, shuningdek, daraxt ekish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

ShHTga a'zo davlatlarning Giyohvand moddalarga qarshi kurashish bo’yicha idoralari vakillarining yig'ilishi to'g'risida

18.04.2022ShHTManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 18-19-aprel kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a'zo davlatlarning giyohvand moddalarga qarshi kurashish bo’yicha mas’ul idoralari yuqori mansabdor shaxslarining yig'ilishi gibrid shaklida bo'lib o'tmoqda.

Velotrek bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining birinchi bosqichi yakunlandi

18.04.2022SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Poytaxtimiz Toshkentda velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha 2006-2007-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar hamda qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, musobaqa doirasida xizmat ko‘rsatgan sport ustasi A.Yudin xotirasiga bag‘ishlab o‘smirlar va o‘spirinlar o‘rtasida Respublika turniri ham o‘tkazildi.

Taxmina Ikromovaning benefisiga aylangan jahon kubogi terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi

18.04.2022SportManba: O'zA

Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining ikkinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. 15 mamlakat vakillari ishtirok etgan bellashuvlarda Taxmina Ikromova hamda terma jamoamiz faoliyatida yangi sahifa ochildi.

Binolarni zamonaviy talablardan kelib chiqib ta’mirlash va ulardan unumli foydalanish, BPO markazini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi

18.04.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari doirasida “O‘zbektelekom” AK Qashqadaryo filiali Qarshi shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi faoliyati bilan tanishdi.

Koreya Respublikasi bilan transport va logistika sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

15.04.2022JamiyatManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov boshchiligidagi ishchi guruh Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibti. Ushbu tashrifdan asosiy maqsada Koreya Respublikasi bilan transport, logistika va raqamlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iboratdir.