O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Indoneziya: Ziyorat turizmi yo‘nalishidagi hamkorlik aloqalari faollashadi

2020-08-03 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchisi U. Ro‘ziqulov Indoneziya parlamenti Vakillar palatasining fuqarolar farovonligi masalalari bo‘yicha spiker o‘rinbosari Muhaimin Iskandar bilan uchrashdi.  

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston bilan Indoneziya o‘rtasidagi anʼanaviy do‘stona aloqalar, shuningdek, milliy va xalqaro miqyosda o‘zaro siyosiy anglashuv va qo‘llab quvvatlashga alohida eʼtibor qaratishdi. Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish va rivojlantirish uchun katta salohiyat borligi qayd etildi.

M. Iskandar O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosiga alohida to‘xtalib, butun dunyo, shu jumladan, musulmonlar diyorimizga katta qiziqish bildirishini taʼkidladi.

Spiker o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, indoneziyaliklar  O‘zbekistonning Islom merosiga katta hurmat va qiziqish bilan qarashadi. Shu sababdan tomonlar "ziyorat turizmi" yo‘nalishidagi hamkorlikni faollashtirishga kelishib olishdi.

Uchrashuvda shuningdek "Uzbekistan Airways" AJning Indoneziyadagi vakili A. Xodjayev ishtirok etib, Indoneziyaning “Umra+” dasturi bo‘yicha Jakarta-Toshkent-Jakarta yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys va indoneziyalik ziyoratchilarni tranzit tashish hamda aviakompaniyaning yo‘lovchi va yuk tashishga oid imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi.

Uchrashuv yakunida vitse-spiker parlament delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonga ilk bor tashrif rejasi haqida to‘xtalib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanganidan so‘ng tashrif muddatlarini ishlab chiqishga kelishishdi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться