O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya sayyohlik agentliklari uyushmasi bilan hamkorlik o‘rnatildi

2020-07-09 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ikki mamlakat o‘rtasida sayyohlar almashinuvini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Janubiy Koreya Sayyohlik agentliklari uyushmasi (KATA) vakillari o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi.

Tadbirda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Aʼzamov, KATA raisi Chang Xi Ox, uyushmaning masʼul xodimlari, shuningdek Koreyaning “Hana Tour” va “Modetour” kabi yetakchi turoperatorlari vakillari ishtirok etishdi. KATA raisi Chang Xi Oh koronavirusning salbiy asoratlarini bartaraf etishda birgalikda harakat qilish muhimligini taʼkidlar ekan, Koreya sayyohlik kompaniyalarining ikki mamlakat o‘rtasida sayyohlik almashinuvini tiklash uchun O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi «Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 4755-sonli qarori ijrosini taʼminlash doirasida mamlakatimizda turizm sohasini tiklash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Uzbekistan. Safe travel Guaranteed” («O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat KAFOLATLANGAN») sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimini yuqori baholashdi.

Tadbir davomida koreyalik sayyohlar orasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida xavfsiz turizm tizimini joriy etish hamda reklama-marketing faoliyatini jadallashtirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, turizm sohasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiluvchi ikki tomonlama shartnomani imzolash masalasini ko‘rib chiqishga doir kelishuvga erishildi.

Maʼlumot uchun: 1991-yilda tashkil topgan KATA uyushmasi turizm sohasida faoliyat yuritadigan 2 mingdan ortiq koreys kompaniyalarining manfaatlarini ifoda etadi. Assotsiatsiya tarkibiga vazirliklar, mahalliy hokimiyatlar vakillari va Koreya Respublikasining yetakchi aviakompaniyalari, shu jumladan, «Korean Air» va «Asiana Airlines» aviakompaniyalari, shuningdek, xorijiy sayyohlik tashkilotlari filiallarining maxsus aʼzolari kiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться