O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mehmonxona biznesini rivojlantirishda BAAning yetakchi mutaxassislari ko‘mak beradi
2020-06-20 | Turizm
Mehmonxona sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotning eng tezkor va muvaffaqiyatli rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib, yiliga 15-20 foizga o‘sib bormoqda.
Biroq koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab bu biznes hozircha to‘liq tiklangani yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, aynan shu inqiroz mehmonxona biznesida mavjud bo‘lgan asosiy kamchiliklarni ko‘rsatib, O‘zbekistonda ushbu sohaning rivojlanish yo‘llarini aniqlashga yordam berdi.
Har qanday inqiroz tezkor choralarni talab qiladi va ulardan biri sohadagi xorijlik ekspertlar bilan hamkorlikni kuchaytirishdir. 2020 yilning 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlanitirish davlat qo‘mitasi, Otelyerlar uyushmasi va “ATECA” xoldingi (BAA) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda mehmonxonalar va joylashtirish vositalarini rivojlantirish, ulardagi xizmatlar sifati va boshqaruv standartlarini yaxshilashga doir qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Xolding raisi Mishel Nobletnig ko‘p yillik tajribasi va uning jamoasidagi “ATECA” mutaxassislari malakasini inobatga olgan holda, uch tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. Ular quyidagilardan iborat: - joylashtirish vositalarining zamonaviy boshqarish texnologiyalari va integrallashgan tizimlarini joriy qilish; - xalqaro standartlarga muvofiq mehmonxonalarning tasniflash tizimi va texnik xususiyatlarini takomillashtirishni joriy qilish (shu jumladan loyihalashtirish bosqichida); - O‘zbekistonning mehmonxona sektoridagi investitsiya imkoniyatlari va salohiyatni chet elda targ‘ib qilish, mamlakatga xalqaro mehmonxona tarmoqlarini jalb qilish; - mehmonxona va joylashtirish vositalari sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha trening va tadbirlarni tashkil qilish; - sohaning raqamli transformatsiyasinin qo‘llab-quvvatlaydigan innovatsion texnologik yechimlarni jalb qilish.
Dunyoda iqtisodiyotning global raqamlashtirilishi mehmondo‘stlik siyosatini yangi asoslarini yaratdi. BAA mutaxassislari bilan hamqorlikda O‘zbekistonda mehmonxona biznesi raqamlashtirishning yangi bosqichiga ko‘tariladi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, pandemidyadan keyin turizm sohasining yangi voqeligi va sayyohlarni joylashtirishga bo‘lgan yangi talablarga moslashuv jarayonida O‘zbekistondagi mehmonxona biznesi va boshqa joylashtirish vositalariga konsultativ yordam berish tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi.
Malumot uchun: Mishel Noblet taniqli mutaxassis bo‘lib, ko‘p yillar davomida “Le Meridien Hotels & Resorts” tarmog‘ini rivojlantirishga masʼul bo‘lgan. 2003-2013 yillar davomida Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mintaqasida 53 mehmonxonadan iborat tarmoqni boshqargan “HMH - Hospitality Management Holding” xoldingi (Dubay) bosh direktori va taʼsischi-hamkori sifatida faoliyat yuritgan.