O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘z diyoring kashf et!” mavzusidagi fotomateriallar tanloviga start berildi

2020-08-27 | Turizm

O‘zbekistonning boy tarixi, muqaddas qadamjolari hamda yaxshi o‘rganilmagan tarixiy obidalar va madaniy ob'yektlarini keng targ‘ib etish, shuningdek rang-barang va yangi turistik marshrutlarni shakllanishiga turtki berish maqsadida yurtimiz fuqarolari orasida “O‘z diyoring kashf et!” mavzusidagi fotomateriallar tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovda fuqarolik holatidan, yoshidan, jinsidan qat’iy nazar, barcha professional va havaskor ijodkorlar, mustaqil ijodiy jamoalar, jurnalistlar qatnashishi mumkin. Tanlov materiallariga qo‘yiladigan talablar:

  • tanlovga faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan, tayyorlangan fotomateriallar, O‘zbekiston tabiatiga taalluqli, shuningdek yangi (OAV, internet veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlarida yetarlicha yoritilmagan), hali yaxshi o‘rganilmagan, zarur turistik infratuzilmaga ega, sayyohlarni jalb qilish talablariga mos bo‘lgan muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalar, madaniy ob'yektlar bo‘yicha olingan fotomateriallar qabul qilinadi. fotomateriallar boshqa tanlovlarga yuborilgan, g‘olib deb topilgan bo‘lishi mumkin emas;
  • fotoasar raqamli formatda topshirilishi kerak (skanerlangan ishlar qabul qilinmaydi);
  • raqamli fayllar JPG formatida asl hajmda taqdim etiladi. Tasvir faylida ranglarning to‘g‘ri ko‘rsatilishini ta’minlash uchun ish maydoni profilini o‘z ichiga olgani ma’qul;
  • fotosurat tanlovida xolis ekspert bahosi va hakamlar hay’ati ishi uchun qatnashchilar o‘z ismlarini rasmda ham, rasmning nomida ham yoki boshqa qismlarida ko‘rsatmasliklari kerak;
  • fotomaterialga ishlov berish tasvir tarkibini buzmasligi kerak. Fotosurat rang toni, kontrasti, ekspozitsiyasi, shovqinni kamaytirish, kichik tozalash ishlari, HDR ma’lumotlari, tiniqlikni oshirishni o‘z ichiga olgan raqamli tuzatishlarga ruxsat beriladi. Fotosurat haqiqiyligining asosiy tamoyillariga zid kelmasligi va tabiatning haqiqiy tasvirini buzmasligi kerak. Qayta ishlangan fotomateriallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar fotosurat tavsifida to‘liq hajmda taqdim etilishi va haqiqatning namoyish etilishiga hissa qo‘shishi kerak;
  • ob'yektlarni, hayvonlarni yoki ularning qismlarini, shuningdek o‘simliklar, odamlar va boshqalarni qo‘shish yoki olib tashlash taqiqlanadi;
  • sifatsiz yoki haqiqiyligini tekshirib bo‘lmaydigan fotomateriallar ko‘rib chiqilmaydi va rad etiladi.

Tanlovga hujjat va fotomateriallarni topshirish tartibi va muddati:

  • ishtirokchi fotosurat bilan birga, fotosurat haqida alohida ma’lumot (foto suratda aks ettirilgan ob'yektni nomi, fotomaterial nomi, qisqacha mazmuni, manzili) yozishi hamda muallif pasport nusxasini ilova qilishi lozim;
  • tanlovga zarur hujjatlar 2020-yilning 15-sentabr kuni soat 18:00 ga qadar topshirilish lozim. Hujjatlarini Telegram messenjeri orqali +998974007533 raqamiga yuborish mumkin.

Mukofot: Tanlov g‘oliblariga (14 hudud uchun) 2 mln so‘mdan, shuningdek, 4 ta nominatsiya g‘oliblari uchun 2 mln so‘mdan, jami 36 mln so‘m pul mukofotlari ajratiladi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqiladi va baholanadi.

Tanlov tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Geografiya jamiyati.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3509-sonli va 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3514-sonli qarorlari ijrosini ta’minlashga doirasida tashkillashtirildi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +998974007533 (Baxtiyor Egamov)

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться