O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniya va Avstriya turkompaniyalari vakillari bilan videomuloqot o‘tkazildi

2020-08-22 | Turizm

20-avgust kuni O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magi va “BZ.COMM” PR-kompaniyasining (Germaniya) qo‘llab-quvvatlashi ostida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov hamda O‘zbekiston, Germaniya va Avstriya turistik kompaniyalarining 90 dan ortiq vakillari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, respublikamiz tashrif buyuruvchi yevropalik sayyohlar oqimini qayta yo‘lga qo‘yish va ularning sonini ko‘paytirish, shuningdek, turizm sohasini tiklashga doir tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.

Videokonferensiyada shuningdek, Germaniya, Avstriya va Shveysariyaning yirik OAV vakillari, xususan, RTL telekompaniyasi, RTL, Die Welt, Frankfurter Allgemeine Zeitung, Frankfurter Neue Presse, Berliner Morgenpost gazetalari, Focus, time4you jurnallari vakillari va boshqalar ishtirok etishdi. Xorijiy hamkorlar va OAV vakillariga O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, qadimiy shaharlari, madaniy va tarixiy obyektlari, dam olish maskanlari, gastronomiyasi, hunarmandchiligi, shuningdek, sayyohlarning respublikada bo‘lishi uchun yaratilgan qulaylik va sharoitlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv qatnashchilari respublikada koronavirus pandemiyasining zararli taʼsirini kamaytirish maqsadida turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida kredit va soliq taʼtillari, subsidiyalar va grantlar taqdim etish kabi chora-tadbirlarga hamda chet ellik sayyohlarni yuqori darajadagi sanitariya-epidemiologik xavfsizligini taʼminlash masalalariga katta qiziqish bildirishdi. Xususan, tadbir ishtirokchilariga sayyohlarning xavfsizligi uchun eng yuqori xalqaro talablarga javob beruvchi “Uzbekistan. Safe travel guaranteed” (“O‘zbekiston. xavfsiz sayohat kafolatlangan”) sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning yangi tizimi asosida O‘zbekistonda xalqaro turizmni qayta tiklash rejasi taqdim etildi. Muloqot doirasida sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida alohida yalpi sessiya tashkil etildi, unda tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qilishdi, sayyohlar almashinuvini tiklash bo‘yicha fikr almashishdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, tomonlar ushbu muloqot formatini doimiy ravishda davom ettirishga kelishib olishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться