O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyatida turizm qishloqlari va mahallalarini yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda

2020-07-07 | Turizm

Farg‘ona viloyatining turizm salohiyatiga ega bo‘lgan maskanlariga "Turizm qishlog‘i" va "Turizm mahallasi" maqomlarini berish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi, viloyatning shahar va tuman hokimliklari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan Rishton tumanining “Chinigaron” va “Miskin” mahallalari, Oltiariq tumanining “Qiziltepa” qishlog‘i, Farg‘ona tumanining “Satkak”, “Avval” va “Vodil” qishloqlari hamda Marg‘ilon shahrining “Yorqin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlari o‘rganildi.

Shuni taʼkidlash joizki, yuqorida qayd etilgan hududlarning har birida o‘ziga xos afzalliklari va o‘ziga jalb etadigan turizm salohiyati mavjud. Jumladan, Rishton tumani o‘zining kulolchilik sanʼati bilan xorijiy va mahalliy sayyohlarni o‘ziga chorlasa, “Satkak”, “Avval”, “Vodil” kabi qishloqlar so‘lim bahavo tabiati va ziyoratgohlari bilan, “Qiziltepa” qishlog‘i tibbiyot turizmi salohiyati va uzumzorlari bilan tashrif buyuuruvchilarni jalb etadi.

Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi "Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi 631-sonli qarorini amalda bajarish, aholi bandligini taʼminlash, qishloq joylarda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida muayyan hududlarning mahalliy aholisi o‘rtasida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari va keng targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Shu bilan birga, alohida eʼtibor qilish lozimki, istiqbolda mazkur qishloq va mahallalarda "Turizm qishloqlari" va "Turizm mahallalari"ni tashkil etilishi va u yerlarda oilaviy mehmon uylari, ovqatlanish shahobchalari, kulolchilik muzeylari, dam olish maskanlari va sanatoriylar yaratilishi hisobiga hududda istiqomat qiluvchi aholi ish bilan bandligi taʼminlanadi va viloyatga nafaqat mahalliy sayyohlar balki xorijiy sayyohlar oqimi oshishiga sabab bo‘ladi. O‘rganish davomida belgilangan hududlardagi mahalla faollari bilan muloqot o‘tkazildi hamda mavjud muammo va takliflar atroflicha o‘rganildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-6-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishining 42-sonli bayonida belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash doirasida amalga oshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться