O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Turizm fidoyisi” ko‘krak nishonini berish tartibi tasdiqlandi

2020-08-08 | Turizm

Endilikda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirishga va ommalashtirishga munosib hissa qo‘shgan davlat organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar xizmatlari va faol targ‘ibot ishlari uchun ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi. 

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi quyidagicha belgilandi:

- mahalliy darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tadbirkorlik subyektlari har yili 1-avgustga qadar o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni tegishlicha Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining  hududiy bo‘linmalariga taqdim etadi;

- Respublika darajasidagi davlat organlari, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va tashkilotlar har yili 1 avgustga qadar o‘z xodimlarini ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni Qo‘mitaga taqdim etadi.

Bunda nomzod bo‘yicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzodning obyektivka-maʼlumotnomasi hamda so‘nggi uch yil davomida u tomonidan turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar taqdim etiladi. Qo‘mita raisi tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Komissiya tashkil etiladi.

Komissiya yig‘ilishida nomzodlarga oid hujjatlar o‘rganilib, har yilning 15-sentabriga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqariladi. Komissiya xulosasi asosida Qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 20-sentabrga qadar taqdim etiladi.

Ko‘krak nishoni “Butunjahon turizm kuni” – 27-sentabrda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi yoki uning nomidan va uning topshirig‘iga ko‘ra boshqa masʼul shaxslar tomonidan tantanali ravishda topshiriladi. “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati Qo‘mitaning rasmiy va sohaviy veb-saytlarida hamda boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladi. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться