O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Gruziya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2020-08-13 | Siyosat
2020-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Gruziya Tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog‘ida xalqaro tuzilmalar doirasida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Gruziya munosabatlarining bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisod, investitsiya, transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Pandemiyaning iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini minimallashtirish bo‘yicha qo‘shma choralar qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.
Vazirlar madaniy-gumanitar sohadagi yaqin munosabatlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar, ilm-ta’lim va intellektual almashinuvni faollashtirishga qiziqish bildirdilar.
Turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi