O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidentining BMTdagi tashabbuslari dunyoda O‘zbekistonning barqaror va jozibali imijini shakllantirishga yordam beradi

2020-10-07 | Siyosat

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqini Yevropa ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha maqsadli faoliyatni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Yevropaning ingliz va rus tillarida yangiliklar tarqatadigan xususiy blogida chop etilgan «O‘zbekiston BMT Bosh assambleyasida» sarlavhali tahliliy maqola shundan dalolat beradi. Material muallifi - Britaniyaning BBC media-korporatsiyasi xodimi, «Dars Consulting Ltd.» kompaniyasining boshqaruvchi direktori Sergey Stanovkin.

Muallif O‘zbekiston Prezidenti tomonidan BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, xalqaro ko‘lamda «mamlakatni to‘g‘ri taqdim qilish, yangi ijobiy stereotiplarni shakllantirish”ga e’tibor qaratadi va buning uchun “tizimli va samarali aloqalar zarurligi”ni ta’kidlaydi.

O‘zbekiston Prezidentining nutqida ekologik muammolarga ham alohida e’tibor qaratilgani qayd etiladi. «Orol dengizi mintaqasini qutqarish maqsadida O‘zbekiston va BMT hamkorligida tashkil etilgan Ko‘p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi negizida innovatsion va texnologik markaz yaratish tashabbusi ekologik vaziyatni yaxshilash va mintaviy rivojlantirishga ko‘maklashish uchun ishlab chiqilgan loyihaning mantiqiy davomidir. O‘zbekiston Prezidentining ushbu tashabbusini men nihoyatda muhim va dolzarb, deb hisoblayman. Chunki u amaldagi loyihaga yangi kuch bag‘ishlaydi, uning ko‘lamini kengaytirishga, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro biznes vakillaridan iborat keng auditoriya e’tiborini jalb qilishga imkon beradi», deb yozadi muallif.

Shuningdek, Sergey Stanovkin O‘zbekiston Prezidenti 2021-yil Xivada «Markaziy Osiyo sivilizatsiyalar chorrahasida» mavzusidagi konferensiyasini o‘tkazish tashabbusi doirasida mamlakatni mintaqaning madaniy markazi sifatida taqdim etganiga e’tibor qaratgan.

«O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqi O‘zbekistonning barqaror va jozibador siymosini shakllantirishga imkon beradigan global aloqalarning bir bo‘lagi bo‘ldi. Bu eksport bozorlarida milliy kompaniyalarning muvaffaqiyatli raqobatlashishining kalitiga aylanadi, milliy iqtisodiyotga xalqaro investitsiyalarni jalb qilishga imkon beradi, aholi farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi», deb xulosa qiladi maqola muallifi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться