O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki vakillari ishtirokida “Inson kapitali indeksi -2020“ tadqiqotida Oʻzbekiston natijalari hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

2020-10-01 | Ta’lim

Inson kapitali indeksiga (HCI) muvofiq, bugungi kunda tugʻilgan bolalarning deyarli 60 foizi ular toʻliq maʼlumotga va risoladagidek salomatlikka ega boʻlgan sharoitdagi salohiyatining nari borsa yarmidangina samarali foydalana olishadi xolos. 

Bu nafaqat ularning kelgusidagi daromadlari va moddiy farovonligiga, balki mamlakatning iqtisodiy oʻsishi, raqobatbardoshlik va kambagʻallik koʻlamining umumiy qisqarishiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Joriy yilning 29-sentabr kuni Xalq taʼlimi vazirligi, Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati hamda Jahon banki vakillari ishtirokida “Inson kapitali indeksi -2020” tadqiqotida Oʻzbekiston natijalari muhokamasiga bagʻishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuvda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, Taʼlim Inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Jahon bankining Oʻzbekiston vakolatxonasi yangi rahbari Marko Mantonavelli, Jahon bankining IKI boʻyicha amaliyotlar rahbari Garri Patrinios ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida “Inson kapitali indeksi -2020” tadqiqotida Oʻzbekiston natijalari hamda ularni yana-da yaxshilash borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama qilindi.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov “Inson kapitali indeksi” reytingida Oʻzbekistonning kelgusidagi natijalarini yaxshilashda maktablarda taʼlim sifatini oshirish, xalqaro PISA, PIRLS, TIMSS tadqiqotlariga tayyorgarlik jarayonlarini yana-da kuchaytirish, mazkur reytinglarda Oʻzbekistonning natijalarini bosqichma bosqich yaxshilab borish masalalariga alohida toʻxtaldi.

Tadbirda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev “Inson kapitali indeksi” reytingi uchun oʻtkazilgan tadqiqotlardagi hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirar ekan, istiqboldagi rejalar haqida ham maʼlumotlar berdi.

Jahon banki vakili Garri Patrinios pandemiyaning taʼlim sifatiga salbiy taʼsiri haqida fikr bildirar ekan, “Inson kapitali indeksi -2020” tadqiqotida Oʻzbekistonning ijobiy koʻrsatkichlarini saqlab qolish, ularni yana-da yaxshilash borasida hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Uchrashuv davomida Xalq taʼlimi vazirligi va Jahon banki vakillari oʻzaro hamkorlik qilishga, shuningdek, birlamchi qadam sifatida yoʻl xaritasi ishlab chiqishga kelishildi.

Taʼkidlash joizki, “Inson kapitali indeksi – 2020” reytingida Oʻzbekistonning toʻlaqonli aʼzo sifatida eʼtirof etilishi hamda natijalar eʼlon qilinishi uchun mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilgan baholash jarayoni xalqaro TIMSS baholash dasturining matematika fani boʻyicha 4-sinflar uchun moʻljallangan sinov instrumentlari asosida amalga oshirilgan.

Tahlillarga koʻra, dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida, hatto bola besh yoshgacha nobud boʻlish xavfi ham mavjud. Oʻzbekistonda bolalarning besh yoshgacha yashab qolish ehtimoli 0,978 ni tashkil etgan. Bu raqam Yevropa va Markaziy Osiyoning koʻrsatkichidan past, biroq teng daromad guruhiga ega davlatlar bilan taqqoslaganda, biroz yuqori hisoblanadi.

Umumtaʼlim maktablarimizda oʻtkazilgan baholash natijalari 474 balni tashkil etgan. Mazkur koʻrsatkich Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari koʻrsatkichidan 21 ball past, biroq Oʻzbekiston bilan teng daromad guruhidagi va oʻrtachadan yuqori daromadli mamlakatlarning ana shu koʻrsatkichlari oʻrtacha qiymatidan nisbatan yuqoriligi kuzatilgan.

Jahon banki tahlillarga koʻra, Oʻzbekistonning Inson kapitali indeksi mamlakat daromad darajasi va geografik joylashuvi bilan mutanosib va mintaqadagi Gruziya, Albaniya va Moldova kabi mamlakatlarning koʻrsatkichi bilan teng darajada.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Поделиться