O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun 29-sentabr kuni Tojikiston poytaxtiga yetib keldi.
Dushanbe xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Davlatsho Gulmuhammadzoda kutib oldi.
Avval xabar qilinganidek, komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston – Tojikiston ishbilarmonlari biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Manba: O'zA