O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

29.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri M.Atmar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Chet el delegatsiyasi tarkibida shuningdek, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti ma’muriyati, Transport vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi va Markaziy Bankning rahbarlari qatnashdi.

Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

29.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi.

Millatlararo totuvlik – milliy yuksalish garovi

28.08.2020JamiyatManba: O'zA

Bizning eng katta boyligimiz ahillik va hamjihatlik, yurtimizdagi oʻzaro mehr-oqibat, doʻstlik, bagʻrikenglik muhitidir.

Shavkat Mirziyoyev Moldova Prezidentini tabrikladi

27.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Yurtimizga turkiyalik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatildi

27.08.2020Jamiyat

Kuni kecha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuney o‘rtasida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta'minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish hamda hamkorlik memorandumini imzolash masalalariga bag‘ishlangan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ozarbayjon – O‘zbekiston: xalq cholg‘u asboblari ijrochilari ko‘rik tanlovi

27.08.2020MadaniyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Toshkent, 26-avgust. /«Dunyo» AA/. Joriy yil 10-18 sentabr kunlari Ozarbayjon va O‘zbekiston milliy torli musiqa cholg‘u asboblari ijrochilarining Xalqaro onlayn ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

MDH ishtirokchi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklarining konsullik xizmatlari rahbarlari maslahat kengashi yig‘ilishi to‘g‘risida

27.08.2020MDHManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasining MDHga raisligi doirasida, 2020-yilning 26-avgust kuni Hamdo‘stlikka ishtirokchi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklarining konsullik xizmatlari rahbarlari maslahat kengashining 27-yig‘ilishi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston Hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi

26.08.2020SiyosatManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 26-avgust kuni Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Akram Madumarovni qabul qildi.

Isroil Elchisi bilan uchrashuv

26.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Isroil davlatining Favqulodda va Muxtor Elchisi Eduard Shapirani qabul qildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon to‘qimachilik sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

26.08.2020IqtisodiyotManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yil 25-avgust kuni “Made in Uzbekistan. Textile” O‘zbekistonning Boku shahridagi Elchixonasi va Ozarbayjonning kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan tashkil etildi.

BAA tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari bilan muzokaralar to‘g‘risida

26.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Xalifa Shahin al-Marar bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Energetika vaziri Turkiya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi

25.08.2020IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

2020-yil 24-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonovning Turkiya Respublikasi Buyuk Milliy majlisi Reja-byudjet komissiyasining raisi Lyutfiy Elvan boshchiligidagi delegatsiyasi hamda «CengizHolding» kompaniyasi direktorlari Boshqaruvining Raisi Mexmet Jengiz bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Gidroenergetika sohasida xalqaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

25.08.2020JamiyatManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 28-noyabrdagi 4037-son Qarori doirasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida Andijon viloyatida Paytoq kichik GESi, Janubiy Farg‘ona kanali 1A - kichik GESi va 2A - kichik GESi qurilishi hamda Chorvoq GESining faoliyati xavfsizligini oshirish loyihalarini moliyalashtirish uchun 20 yil muddatga 55,8 mln yevrolik kredit ajratilishi bo‘yicha zayom kelishuvi imzolandi.

Ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va ilgari surish bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

25.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-avgust kuni videokonferentsiya shaklida ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va ilgari surish bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tomonidan Qo‘mita hamraisi - tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari F.Arziyev, Hindiston tomonidan - tashqi ishlar davlat vaziri V.Muralidaran hisoblanadi.

Urugvay Prezidentiga tabrik

25.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urugvay mustaqilligi kuni munosabati bilan Prezident Luis Alberto Lakale Pouga tabrik yo‘lladi.

Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

25.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 24-avgust sanasida Bosh vazir o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov raisligida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Tim Torlot bilan videokonferensiya shaklidagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Timur Ishmetov, O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri - Nozim Xusanov, O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Bahodir Begalov, shuningdek boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Italiya Elchisi bilan uchrashuv

24.08.2020SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2020-yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Italiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Agostino Pinnani qabul qildi.

2020 yilda SMIIC tashkiloti tomonidan 17 ta yangi standart ishlab chiqildi

24.08.2020JamiyatManba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Islom hamkorlik tashkiloti qoshida tashkil etilgan Islom Mamlakatlarining Standartlar, Metrologiya Instituti (SMIIC) a’zo davlatlar bilan hamkorlikda OIC/SMIIC standartlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Ushbu tashkilot 1999-yil 7-noyabrda tashkil etilgan bo‘lib, a’zo davlatlar soni 42 tani tashkil etadi.

Oʼzbekiston va Xitoy: innovatsion hamkorlikning yangi bosqichi

24.08.2020InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Oʼzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan xonim bilan onlayn shaklda muzokara oʼtkazdi.

O'zbekistondagi Amerika Savdo Palatasi vakillari bilan uchrashuv

24.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

18-avgust kuni O'zbekistondagi Amerika savdo palatasi (AmCham) navbatdagi oylik uchrashuvni onlayn formatda tashkil etdi. Uchrashuvning moderatori AmCham Prezidenti Hugo Minderhaud bo'ldi, moliya vazirining o'rinbosari Dilshod Sultonov esa taklif etilgan ma'ruzachi sifatida qatnashdi. Shuningdek, tadbirda "Coca-Cola", "General Motors", "UzBAT", "Hyatt", "Ernst&Young", "Nestle", " CNH " kabi boshqa mahalliy va xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.