Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “bne IntelliNews” biznes media kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
Agentlik Germaniyaning “bne IntelliNews” biznes media kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi. Bu haqda bo‘dib o‘tgan video konferensiyada so‘z bordi.
Vebinar avvalida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyati, amaldagi xususiylashtirish dasturlari doirasida davlat korxonalariga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar to‘g‘risida ma'lumot berildi.
BNE IntelliNews kompaniyasining asosiy maqsadi Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, Afrika va Yaqin Sharqdagi biznes hamda rivojlanayotgan bozor ma'lumotlari va yangiliklarni nashr etish.
O‘z o‘rnida, Agentlik tomonidan davlat ishtirokini kamaytirish, zamonaviy korporativ boshqaruvni tadbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, davlat ishtirokidagi korxonalarni samarali boshqarish, xususiylashtirish borasida talaygina ishlar qilinishi natijasida mamlakatimizda ishbilarmonlik hamda investisiya muhiti yanada yaxshilanayotgani alohida ta'kidlandi.
Kelgusida, kompaniya vakillari Agentlik tomonidan olib borilayotgan islohotlar hamda xususiylashtirish jarayonlari yuzasidan xorijiy investorlarni jalb qilish, bunda davra suhbatlari va interv'yular tashkil etish orqali ishonchli ma'lumotlarni xalqaro ommaviy vositalarida yoritishga ko‘maklashishi bildirildi.
Vebinar so‘ngida, tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish hamda navbatdagi rejalari muhokama etildi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi