O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Xitoy kambag‘allikka qarshi kurash borasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

2020-09-26 | Jamiyat

PEKIN, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida Xitoydagi kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha xalqaro markaz (International Poverty Reduction Center in China - IPRCC) rahbariyati bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Shuhrat Umirov.

Ushbu tizim Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi huzuridagi Kanselyariya tizimining Kambag‘allikka qarshi kurash va rivojlanish bo‘yicha rahbarlik guruhi hisoblanadi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va XXR o‘rtasida kambag‘allikka qarshi kurash sohasida o‘zaro amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama etildi. Ushbu muammoband masala muhokamasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha strategiya to‘g‘risidagi atroflicha ma’lumotlar mazkur Markaz vakillarining e’tiboriga havola qilindi.

Alohida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston mamlakatda kambag‘allikni bartaraf etish muammosini strategik ahamiyatga molik vazifa sifatida ko‘radi. Uning hal etilishiga e’tiborga molik sa’y-harakatlar va salmoqli mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda kambag‘allik bilan kurashish uchun zarur institutlar yaratilgan, yangi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashkil etilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi. Jumladan, videokonferensiya vositasida ikki tomonlama seminarlar o‘tkazish, kambag‘allikka qarshi kurash sohasida o‘zaro tajriba almashish uchun “O‘zbekiston – Xitoy” onlayn-forumini tashkil etish, O‘zbekiston sharoitida kambag‘allikka qarshi kurash siyosatini takomillashtirish sohasida qo‘shma amaliy tadqiqotlar olib borishga kelishib olindi.

IPRCC XXR hukumati tomonidan 2005-yil BMT Taraqqiyot dasturi va Jahon banki bilan birgalikda ta’sis etilgan. Ushbu markaz Xitoyda kambag‘allikni qisqartirish sohasida amaliy chora-tadbirlar va tavsiyalarni ishlab chiqish, tadqiqotlar o‘tkazish, kadrlar tayyorlash, tajriba almashuvlar va o‘zaro hamkorlik olib borishga ixtisoslashgan tizim hisoblanadi.

IPRCC o‘z faoliyati davomida nafaqat Xitoyda, balki xorijiy mamlakatlarda ham qator akademik institutlar, kollej va universitetlar bilan sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan. Ular orasida Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi, Sinxua universiteti, Pekin universiteti, Oksford universiteti, Jahon banki instituti va boshqalar bor.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться